Yevropa Ittifoqining ayrim davlatlari Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni talab qilmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Hamjamiyatning bir qator a’zo davlatlari Rossiya bilan atom energetikasi sohasidagi hamkorlikni cheklashni taklif qilgan.

Agentlik manbalariga ko‘ra, Irlandiya, Latviya, Litva, Polsha va Estoniya o‘z navbatida Rossiya energiya resurslariga nisbatan sanksiyalarni kengaytirishni qo‘llab-quvvatlagan.

Shuningdek, ular Rossiyaning suyultirilgan gazidan (LNG) foydalanishni taqiqlashni taklif qilmoqda.

Takliflar orasida Rossiyadagi qo‘shimcha banklarni SWIFT’dan uzish va buni “Gazprombank”da amalga oshirish ham bor.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi tez orada yangi sanksiyalar joriy etishi ma’lum qilingandi.