Ukraina prezidenti Zelenskiy Isroil tomonidan harbiy yordam berilmaganidan hayratda ekanligini bildirdi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Foto: “TASS”

“Isroil bizga hech narsa yetkazib bermadi, butunlay hech narsa. Ular o‘z yerlarini himoya qilishlari kerakligini tushunaman, lekin mendagi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil o‘z qurollarini boshqa davlatlarga eksport qiladi”, — deydi Ukraina rahbari.

Bundan tashqari, u boshqa davlatlarni ham Ukrainaga yordamni kuchaytirishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya va boshqa davlatlar bundan ham ko‘proq qurol-yarog‘, xususan, dronlarni yuborishi kerak.

“AQSH prezidenti Jo Bayden menga ko‘p narsa so‘rayapsiz, lekin men sizni tushunaman, deb aytdi. Emmanuel Makron ham bizga ko‘proq yordam kerakligini biladi”, — dedi Zelenskiy.

Avvalroq NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg mudofaa kompaniyalarini Ukrainaga doimiy yetkazib berish hisobiga sezilarli darajada kamaygan qurol va o‘q-dorilar zaxiralarini to‘ldirish uchun ishlab chiqarishni tezlashtirishga chaqirgan edi. Unga ko‘ra, aynan AQSH Kiyevga misli ko‘rilmagan yordam ko‘rsatgan.

Mavzuga doir: