Bugun 27-sentabr kuni ertalab faollar Vladimir Putinning ota-onasiga maktab kundaligida “murojaat” qoldirdi. Bu haqda Meduza nashri xabar bermoqda.

Foto: Meduza

Sankt-Peterburgdagi Serafimovskiy qabristonidagi Putinning ota-onasi qabrida quyidagi mazmundagi yozuv paydo bo‘ldi:

“Hurmatli ota-ona! O‘g‘lingiz o‘zini yomon tutyapti! Tarix darslarini o‘tkazib yuborib, sinfdoshlari bilan urishib, butun maktabni portlatish bilan tahdid qilmoqda. Chora ko‘ring!”