O‘zbekistonda 2022/2023-o‘quv yili uchun talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning test sinovida to‘plagan o‘rtacha ballari 101,2 ballni tashkil etdi.

Davlat test markazining ma’lum qilishicha, hududlar bo‘yicha Buxoro viloyatida yuqoriroq natija qayd etilgan — 107,63 ball. Undan keyingi o‘rinlarni Farg‘ona viloyati (106,52 ball),  Xorazm viloyati (104,3 ball), Toshkent shahri (103,43 ball), Namangan viloyati (102,32 ball) egallagan.

Talabalikka tavsiya etilgan joriy yil bitiruvchilarining test sinovida to‘plagan o‘rtacha ballari 110,7 ballni tashkil etgan.

Yuqoriroq natija qayd etgan hududlar:

  • Buxoro viloyati — 117,45 ball;
  • Farg‘ona viloyati — 115,64 ball;
  • Toshkent shahri — 113,28 ball;
  • Navoiy viloyati — 113,11 ball;
  • Namangan viloyati — 111,55 ball.

To‘liq jadval bilan yuqoridagi rasmlarda tanishish mumkin.

Mavzuga doir: