O‘zbekiston nufuzli xalqaro reytinglardagi o‘rnini sezilarli darajada yaxshiladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

O‘zbekiston quyidagi reytinglarda yuqoriladi:

  • “Hukumat samaradorligi” ko‘rsatkichida 22 pog‘onaga ko‘tarildi;
  • “Siyosiy barqarorlik va zo‘ravonlik/terrorizimning mavjud emasligi” ko‘rsatkichida 19 pog‘onaga o‘sdi;
  • “Tartibga solish sifati” yo‘nalishida 33 pog‘onaga o‘sdi;
  • “Korrupsiyani tiyib turish” indikatoridagi natijasi 15 pog‘onaga yaxshilandi;
  • “Huquq ustuvorligi” yo‘nalishida 13 pog‘onaga ko‘tarildi;
  • “Aholi fikrini hisobga olish va hisobdorlik” ko‘rsatkichi bo‘yicha 12 pog‘ona yuqoriladi.