Hafta boshida AQSHning Florida shtatida sodir bo‘lgan “Ien” dovuli halokatli oqibatlarga sabab bo‘lmoqda, deya xabar berdi “Insaydi Ukraina”.

Foto: Getty Images

Floridada joylashgan qirg‘oq bo‘yidagi Fort Mayers shahri suv ostida qoldi. Foydalanuvchilar falokat oqibatlari aks etgan kadrlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmoqda.

“Ien” dovuli paytida ko‘chaning o‘rtasida hatto akula ham ko‘ringan. Ushbu kadr aks etgan video kun davomida Twitter’da 13 milliondan ortiq ko‘rildi.