Rossiyaning Belgorod viloyati Golovchino qishlog‘i 3-oktabr kuni ertalab o‘qqa tutildi. Oqibatda mahalliy ayol vakili halok bo‘ldi. Viloyat gubernatori Vyacheslav Gladkovning aytishicha, hujum Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan amalga oshirilgan.

“Ukraina Qurolli kuchlari bizning Grayvoron shahar okrugidagi Golovchino qishlog‘imizni o‘qqa tutdi. Qishloq markaziga otilgan snaryadlar oqibatida vayronagarchilik kuzatilmoqda. 48 yoshli ayol halok bo‘ldi”, — deb yozgan u Telegram-kanalida.

Viloyat rahbarining qo‘shimcha qilishicha, jabrlanganlar bo‘yicha ma’lumotlar aniqlanmoqda, ayni paytda uyma-uy yurib, tezkor xizmatlar va tuman rahbari voqea joyida ish olib bormoqda.

Belgorod viloyatida havo hujumidan mudofaa tizimi ishga tushgan.