Kelayotgan qishda Yevropa energiya inqirozi sharoitida odatdagidan sovuqroq haroratga duch keladi. Bu haqda Yevropa o‘rta masofali ob-havo prognozlari markaziga tayanib Britaniyaning Financial Times gazetasi xabar berdi.

Foto: Bloomberg

Ta’kidlanishicha, qish mavsumida sinoptiklar kamroq yog‘ingarchilik bo‘lishini kutmoqda. Bu esa kamroq yomg‘ir va shamol bo‘lishini anglatadi.  

Bunday prognozlar Rossiya uglevodorodlaridan voz kechishi munosabati bilan energiya narxining o‘sishini cheklashga majbur bo‘lgan bir qator Yevropa davlatlari rasmiylari uchun potensial muammodir. 

Vaziyat o‘tgan yozdagi rekord darajada yuqori harorat tufayli shamol va gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqariladigan energiya miqdori kamaygani bilan yanada og‘irlashmoqda.

Yevropa Ittifoqidagi energetika inqirozi iyul oyi boshida, Rossiyadan Yevropa Ittifoqining qator mamlakatlariga gaz yetkazib berishda birinchi uzilishlar va cheklovlar tufayli “Shimoliy oqim” uchun turbinalarga texnik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganida yanada kuchaydi. 

Shundan so‘ng, Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqi davlatlarini Rossiya tomonidan gaz yetkazib berishni to‘liq to‘xtatishga faol tayyorgarlik ko‘rishga va barcha hamjamiyat davlatlari tomonidan gaz iste’molini ixtiyoriy ravishda 15 foizga qisqartirish rejasini amalga oshirishga chaqirdi. 

Avvalroq Yevropa gaz omborlari o‘rtacha 85 foizdan ko‘proq to‘ldirilgani haqida xabar berilgan edi.