Ukrainadagi urush oqibatlariga qaramay, 2022-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 5,3 foizga o‘sishi kutilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga Jahon banki hisobotidan ma’lum bo‘ldi. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti  2023-yilda 4,9 foiz, 2024-yilda 5,1 foizga o‘sishi kutilmoqda. Bank tomonidan iyun oyida e’lon qilingan hisobotda mamlakat iqtisodiyoti 2022-yilda 4,3 foizga, 2023-yilda 5,3 foizga, 2024-yilda esa 5,5 foizga o‘sishi kutilayotgan edi

Amalga oshirilayotgan ulkan iqtisodiy islohotlar xususiy sektor boshchiligidagi o‘sishni jonlantirishda davom etsa, o‘rta muddatli istiqbol ijobiy bo‘lib qolmoqda, — deydi Jahon banki. 

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston so‘nggi yillarda savdo va narxlarni erkinlashtirish bo‘yicha dastlabki ulkan islohotlarni amalga oshirgan. 

Jahon bankining ma’lum qilishicha, mahsuldorlikni, xususiy sektor boshchiligidagi o‘sishni rag‘batlantirishni davom ettirish va ish o‘rinlari yaratish uchun qo‘shimcha islohotlar zarur.

O‘zbekistonda mintaqaviy prognozning noaniqligiga qaramay, 2022-yilning birinchi yarmida yalpi ichki mahsulot kuchli pul o‘tkazmalari, eksport va investitsiyalar hisobiga 5,4 foizga o‘sdi. 

Ikkinchi chorakda real ish haqi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6 foizdan ko‘proqqa oshdi. 

Ta’minot tomonida qurilish va qishloq xo‘jaligidagi kuchli o‘sish qisman sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasidagi o‘sishning sekinlashuvini qopladi. 

Investitsiyalar (asosan energiya ishlab chiqarish, o‘g‘itlar va infratuzilmaga) 9,4 foizga o‘sdi. Eksport qiymati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 40,5 foizga o‘sdi, buning natijasida oltin eksporti ikki baravardan ortiqroq ko‘paydi. Mamlakat valyuta zaxiralari ham barqaror darajada saqlanib qolmoqda.  

Oltindan tashqari eksport 22,5 foizga yuqori bo‘lib, tabiiy gaz, to‘qimachilik, oziq-ovqat, mashinasozlik, transport va turizm hissasiga to‘g‘ri keldi. 

Import 27,4 foizga oshdi, chunki import qilinadigan oziq-ovqat va energiya narxlari, shuningdek, ichki talab yuqoriladi. 

Oziq-ovqat eksporti 41 foizga, mashina va uskunalar 29 foizga, xizmatlar importi esa 65 foizga oshgan.

Oziq-ovqat, yonilg‘i va logistika xarajatlarining oshishi mamlakat inflyatsiyasini 2022-yil iyun oyida 12,3 foizga (2021-yil iyun oyida 10,9 foiz edi) oshirdi. 

Jahon bank tomonidan O‘zbekistonda inflyatsiya 2022-yil oxirida 11,3 foizga, 2023-yilda 10,9 foizga, 2024-yilda esa 9,6 foizga pasayishi kutilmoqda. 

2022-yilning mart—may oylarida so‘m dollariga nisbatan qariyb 7 foizga qadrsizlandi

Valyuta kursi bosimi va noaniq inflyatsiya prognoziga javoban, O‘zbekiston Markaziy banki dastlab asosiy stavkani stavkasini 300 bazaviy punktga oshirib, 17 foizgacha ko‘tardi. 

Iyun va iyul oylarida valyuta kursining barqarorlashuvi, valyuta tushumlarining tiklanishi va ichki depozitlarning o‘sishi Markaziy bankka asosiy stavkani 15 foizgacha pasaytirish imkonini berdi. 

Ukrainadagi urushdan keyin kapital buferlarining kamayishi va banklarning yanada ehtiyotkor kredit siyosati kreditlar o‘sishini 2022-yil iyun oyi oxirida o‘tgan yilgi 23 foizdan 14 foizgacha sekinlashtirdi. 

Bank tizimi barqarorligicha qolayotgan bo‘lsa-da, bir nechta banklar zaif holatda, — deydi bank. 

O‘zbekistonda milliy kambag‘allik reytingi 2021-yilda 17 foizni tashkil qilgan edi. Jahon banki esa 2024-yilga kelib bu ko‘rsatkich 13,4 foizgacha pasayishini prognoz qildi.

Avvalroq YTTB O‘zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo davlatlari uchun iqtisodiy o‘sish prognozlarini o‘zgartirgan edi.