Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Chortoq tumanidagi tug‘uruqxona tasvirlangan video tarqaldi. Videoda tug‘uruq jarayonini o‘tkazgan 15 nafarga yaqin ayol va bolalar bir xonada yotganini ko‘rish mumkin.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

Tarmoq foydalanuvchilari mazkur voqea haqida yozib, “Tug‘ruqxonami bu yoki odam zavodi?”, — deya savol bergan. Hamda mazkur shifoxona bosh shifokori va Sog‘liqni saqlash vazirligi vaziyatga izoh berishi kerakligini ta’kidlagan.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

“Daryo”ning Namangan viloyatidagi muxbiri Azizbek Abduvaliyev ayni paytda mazkur dargohda bo‘lib, voqea tafsilotlarini o‘rganmoqda.