Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

“Mendirman Jaloliddin” serialida bosh rollarni ijro etgan Emre Kiviljim va Yulduz Rajabova “Zamin yulduzlari” taqdirlash marosimida statuetkalar bilan taqdirlandi.

Foto: Instagram

Shahzoda Muhammedova har bir insonni boricha qabul qilishning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Foto: Instagram

Xonanda Manzura uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng Toshkent metrosida sayr qildi.

Umid Iskandarov mashhur bo‘lishdan ko‘ra insonlarga nafi tegishi ko‘proq ahamiyatli ekanligi haqida mulohaza qildi.

Foto: Instagram

Malika Ravshanova yangi hovlisida qarindoshlari uchun mehmondorchilik tashkillashtirdi.

Barchin G‘ofurova Javohir Zokirov bilan birgalikda serialda suratga tushmoqda.

Foto: Instagram

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning qizi Kamila ilk marta ona bo‘ldi. Instagram’dagi ommabop sahifalardan birida hokimning rafiqasi hamda kenja qizi va nevarasining surati joylashtirildi.

Foto: Instagram

Munisa Rizayeva kuzda bosh og‘rig‘idan aziyat chekayotgan muxlislari uchun o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.

Rayhon Ulasenova 5-oktabr kuni tug‘ilgan kunini nishonlayotgan ukasi, teleboshlovchi Jahongir Shahobiddinovga atalgan iliq tilaklarini sahifasiga yozib qoldirdi.

Foto: Instagram

Lola onasi va qizi Shahinani Amerikaga, singlisi Anoranikiga mehmonga jo‘natayotgani haqida so‘zlab berdi.

Komik aktrisa Shahlo Zoirova muxlislariga Buxoro shahridan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Turkiyali k taniqli aktyor Emre Kiviljim Farruh Zokirov hamda Ozoda Nursaidova bilan tanishib oldi.

Dilshodbek Kattabekov “Kichkina tabib” filmidagi suratini ostiga hayot haqidagi fikrlarini yozib qoldirdi.

Foto: Instagram

Mavzuga doir: