Urush boshidan beri Ukrainaning Rossiya armiyasi chekinishidan qo‘lga kiritgan og‘ir qurollari G‘arbdan ta’minot sifatida olinganlari miqdoridan ko‘proqni tashkil etadi, deb yozadi “Agenstvo Novosti” Wall Street Journal’ga tayanib.

Foto: atlanticcouncil.org

Urush boshlangandan buyon Ukraina armiyasi Rossiyaning 421 ta tankini (G‘arb davlatlari tomonidan 320 ta tankni yordam sifatida yuborgan), 445 ta piyoda jangovar texnikasi (G‘arbdan 210 ta), 192 ta zirhli jangovar mashinasi (G‘arbdan 40 tasi) va 44 ta raketa tizimini (G‘arbdan 70) qo‘lga kiritgan.

Asl raqamlar bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin, chunki barcha qo‘lga olingan transport vositalari fotosuratlar va videolarga tushmaydi. Shuningdek, rus qo‘shinlari Ukrainada deyarli tugaydigan sovet standartidagi katta miqdordagi artilleriya snaryadlarini qoldirdi, deya qayd etadi manba.

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, Rossiya armiyasi Xarkovdan chekinganidan keyin aynan Moskva Ukrainaga eng yirik og‘ir qurol yetkazib beruvchiga aylandi. Rossiya Qo‘shma Shtatlar va Kiyevning boshqa ittifoqchilaridan ancha oldinda, ammo ekspertlar ta’kidlashicha, G‘arb qurollari odatda ancha ilg‘or va aniqroq. “Ular qo‘lga kiritayotgan narsa juda samarali ishlatiladigan va muzeyga topshirilish holatiga kelgan zamonaviy jihozlarning aralashmasidir”, — dedi Oryx tahlilchisi Yakub Yanovskiy.

Loyihada, shuningdek, urushning dastlabki kunlarida Rossiya Ukrainaning ko‘plab qurollarini, jumladan 109 ta tank, 15 ta o‘ziyurar gaubitsa va 63 ta piyoda jangovar texnikasini qo‘lga kiritgani ta‘kidlangan.

Xarkov viloyatidagi hujum paytida Ukrainaning “Karpatiya Sich” batalyoni 10 ta zamonaviy T-80 tanki va beshta o‘ziyurar Hyacinth gaubitsasini qo‘lga oldi, deydi bo‘linma boshlig‘i o‘rinbosari Ruslan Andreiko.

“Bizda shunchalik ko‘p o‘ljalar borki, ular bilan nima qilishni ham bilmaymiz. Biz harakatni piyodalar bataloni sifatida boshlaganmiz va endi mexanizatsiyalashgan batalyonga aylanyapmiz”, — deydi u.

Xarkov frontidagi boshqa artilleriya batalonining boshlig‘i WSJ’ga uning bo‘linmasi hozirda qo‘lga olingan to‘rtta MSTA o‘ziyurar gaubitsalaridan foydalanayotganini aytdi.

“Ruslar endi otishmada ustunlikka ega emaslar”, — deydi ofitser.

Xarkovga yurishda Ukraina armiyasi eng zamonaviy rus qurollarini, masalan, Kiyevda ilgari bo‘lmagan T-90 tanklari va BTR-82 rusumli avtomashinalarni ham qo‘lga kiritdi.

WSJ’ning qayd etishicha, qo‘lga olingan texnikaning bir qismi darhol foydalanishga tayyor, ayrim qurollar frontga qaytishdan oldin ta’mirlanmoqda. Jiddiy shikastlangan uskunalar qismlarga demontaj qilinadi. Mamlakat Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi rahbari Aleksey Danilovning ta’kidlashicha, qo‘lga olingan og‘ir texnikalar harbiy logistika qo‘mondonligi orqali taqsimlanadi, yengil qurol va o‘q-dorilar esa ularni qo‘lga kiritilgan bo‘linmalarda qoladi.

BBC’ning yozishicha, sentabr oyi boshida, urushning oltinchi oyi davomida Ukraina G‘arb davlatlaridan 15 milliard dollardan ortiq qurol olgan. Eng yirik yetkazib beruvchilar AQSh (8,79 milliard), Polsha (1,83 milliard) va Buyuk Britaniya (1,36 milliard).