O‘zbekistondagi 8 ta tuman soliq inspeksiyalariga yangi boshliqlar tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, tegishli hujjat bilan Toshkent shahrining Mirobod tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga Habibulla Inomov; Buxoro viloyatining Peshku tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga Maqsudjon Ravshanov tayinlandi.

Qashqadaryoning

  • Qamashi tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga Sarvar Ochilov;
  • Shahrisabz tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga Anvar Yo‘ldoshev;
  • Kasbi tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga Jasurbek Cho‘liyev tayinlandi;

Surxondaryoning Jarqo‘rg‘on tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimini Rahmatilla Sattarov, Qiziriq tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimini Ismoil Abdullayev egalladi.

Xorazmning Xazorasp tumani davlat soliq inspeksiyasiga Dilshod Matyoqubov boshliq bo‘ldi.