Apple’ning bozor qiymati 10-noyabr kuni 190,9 milliard dollarga oshib, 2,34 trillion dollarga yetdi. Bu fond bozori tarixidagi Amerika kompaniyasi kapitallashuvining eng sezilarli o‘sishidir. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Kompaniyaning kapitallashuvi — bu uning birjadagi aksiyalarining qiymati.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Apple aksiyalari AQSH fond bozoridagi kengroq ko‘tarilish fonida 8,9 foizga o‘sdi. Apple endi kunlik bozor qiymatini oshirish bo‘yicha to‘rtta rekordga ega.

Agentlikning ta’kidlashicha, ushbu o‘sish Amazon’ning fevral oyidagi 190,8 milliard dollarlik o‘sishidan oshib ketdi.

Biroq so‘nggi paytlarda narxlarning o‘sishiga qaramay, Apple aksiyalari yil boshidagi darajadan deyarli 20 foiz pastligicha qolmoqda, o‘sha paytda ularning narxi 182 dollardan oshgan.

Avvalroq Apple qatorasiga o‘ninchi marta dunyodagi eng qimmat brend deb e’lon qilingani haqida xabar berilgandi.