Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Xonanda Lola Ahmedova muxlislariga Turkiyaning Bursa shahridan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova yangi qo‘shigini premyera qilish uchun shou-biznesdagi yaqin insonlarini jamladi.

Shuningdek, xonanda hayot harakatlardan iboratligini, kasal bo‘lmaslik uchun yurish kerakligi haqida muxlislariga gapirib berdi.

Aktrisa Durdona Qurbonova sahifasiga yangi suratini joyladi.

Foto: Instagram

Xonanda Nilufar Usmonova Turkiyadagi konsert dasturiga tayyorgarlik ko‘rayotgani aks etgan videoni muxlislari bilan bo‘lishdi.

Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva sahifasiga xonanda Sevara Nazarxon bilan tushgan suratini folloverlariga namoyish qildi.

Foto: Instagram

Dilnoza Kubayeva 22-noyabr kuni tug‘ilgan kunini nishonladi. Aktrisa sahifasiga O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari uni tabriklagani aks etgan videoni joyladi.

Xonanda Bahrom Nazarov yangi suratini obunachilariga taqdim etdi.

Foto: Instagram

“Farhod va Shirin” dueti xonandasi Shirin Munojot Yo‘lchiyeva, Mahmud Namozov va Dilnoza Hakimova bilan Qozog‘istondagi konsert dasturiga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qildi.

Aktrisa Bahora Arslonova obunachilariga turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini namoyish qildi.

Foto: Instagram

Umra safarini ado etayotgan xonanda Izzatbek Shukurov sahifasiga yangi video joyladi.

Shahlo Ahmedova muxlislariga yangi surati bilan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Aktyor, bloger Otabek Mahkamov “O‘girlangan niqob” ko‘rsatuvida yirtqich mavjudot obrazida sahnaga chiqdi.

Instabloger, aktrisa Feruza Normatova folloverlariga singlisi bilan tushgan suratini ko‘rsatdi.

Foto: Instagram

Shuningdek, aktrisa, Umra safarini ado etib, O‘zbekistonga qaytayotganini ma’lum qildi.

Turk aktyori Burak O‘zchivit sahifasiga o‘g‘li Karan bilan tushgan suratini joyladi.

Foto: Instagram

Xonanda Jahongir Otajonov tez kunlarda yangi taronasini muxlislarga taqdim etishini ma’lum qildi.

Aktrisa Shahlo Temirova muxlislariga aktyor Kamol Bobonazarov bilan tushgan suratini namoyish qildi.

Foto: Instagram

Munisa Rizayeva Dubayda uni qanday kutib olishganini muxlislariga namoyish qildi.

Xonanda Zohirshoh Jo‘rayev obunachilariga yangi surati bilan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Aktyor Aziz Rametovning rafiqasi Shahlo Umarova sahifasiga “Bravo” kulgi jamoasi a’zosi Shahlo Zoirova bilan uchrashib qolgani aks etgan videoni joyladi.

Littos taxallusi bilan ijod qiluvchi instabloger Asal Saparboyeva Qatarda o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha Jahon chempionati o‘yinlarida qatnashgani aks etgan suratni sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Instabloger, xonanda Xusnora Shodiyeva muxlislariga Yorqinxo‘ja Umarov bilan raqsga tushgani aks etgan videoni namoyish qildi.

Xonanda Shahzoda yangi suratini muxlislariga namoyish qildi.

Foto: Instagram

Instabloger Liil Xurramov modalar namoyishi sahnasida bolaligidan Lolaga muxlislik qilgani haqida gapirib berdi va yoshi 20 yoshda ekanini ma’lum qildi.

Aktrisa Sitora Alimjonova obunachilariga inson haqiqatni eshitganidan yolg‘on unga kulgili bo‘lib tuyulishi haqida gapirib berdi.

Foto: Instagram

Aktrisa Halima Ibragimova blogerni san’at vakillari bilan teng ko‘rmasligini, sababi ular bu sohada tahsil olmaganini, osonlik bilan mashhurlikka erishayotgani haqida gapirib berdi.

Instabloger, aktrisa Muborak Abdullayeva sahifasiga Liil Xurramov bilan kelin-kuyov obrazida tushgan suratini joyladi va qizlarga turmush o‘rtoq tanlayotgan paytda boyligi yoki chiroyiga qarab emas, qalbi va fikrlashiga qarab tanlash kerak ekanini aytdi.

Foto: Instagram

Komik aktrisa Shahlo Alijonova “Ummon” guruhining marhum xonandasi Jasur Rafiqovning xotirasiga bag‘ishlab, ularning xit qo‘shiqlarini ijro etgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.

Mavzuga doir: