O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21—22-noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Fransiyada bo‘lib qaytdi. Tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron rafiqalari bilan Parijdagi Luvr muzeyida bo‘ldi.

Muzeyda “O‘zbekiston vohalarining mo‘jizalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” ko‘rgazmasi ochildi. Ikki davlat rahbari ko‘rgazmaning ilk mehmonlari bo‘ldi.

Muzey oldida Fransiya prezidenti Shavkat Mirziyoyevni quchoq ochib kutib oldi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

E’tiborga molik tomoni, mazkur surat jamoatchilik e’tiborini tortdi.