Andijonda 7-sinf o‘quvchisi ustozini tepdi va haqorat qildi. Bu haqda “Daryo”ga ma’lum qilgan manbaning aytishicha, voqea viloyatning Ulug‘nor tumanidagi 17-maktabda sodir bo‘lgan.

O‘quvchi qiz tarix fani o‘qituvchisi Hakima Bo‘riyevaning darsiga xalal berib, sinfxona eshigini ochib-yopavergan. Shundan so‘ng o‘qituvchi unga bu haqda aytgan va eshikni yopib qo‘yishini so‘ragan. Yuqoridagi janjal shundan kelib chiqqan, — deydi bu haqda xabar bergan manba.

Manbaning aytishicha, o‘qituvchiga zo‘ravonlik qilgan o‘quvchi qiz o‘sha kuni sinfxona eshigi va rakovinani ham sindirgan.

Voqea haqida hozircha mas’ullar axboroti e’lon qilinmagan.