O‘zbekiston Qirg‘izistonga tabiiy gaz yetkazib berish hajmini qisqartirdi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Foto: Shutterstock

“Gazprom Qirg‘iziston” bosh direktori o‘rinbosari Aleksandr Grebenyukning so‘zlariga ko'ra, gaz ta’minotining pasayishi mamlakat janubiga ta’sir ko‘rsatdi. Rasmiy o‘tgan kuz-qish mavsumida Qirg‘izistonning janubiy viloyatlarida havo haroratining pasayishi fonida Xo‘jaobod—O‘sh va Ursatyevskaya—Farg‘ona gaz quvurlarida tabiiy gaz bosimi keskin pasayganini aytdi

Ayni paytda tashqi yetkazib beruvchi “Gazprom Eksport” va O‘zbekiston tomoni bilan yetkazib berish barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. O‘tgan haftada O‘zbekiston energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev mamlakatdagi gaz eksporti haqida gapirgan edi.

“Raqamlarga kelsak, kunlik prognoz ko'rsatkichlariga ko'ra 10 million kubometr gaz eksport qilish rejalashtirilgan bo‘lsa, hozirgi eksport hajmi 1 million kubometrga ham yetmaydi”, — degan edi u.

Gaz eksportining qisqarishi Qirg‘izistonga qanday tahdid soladi?

O‘zbekiston gaz eksportiga kiritgan cheklovlar birinchi navbatda Qirg‘iziston janubiga zarar keltiradi. U yerda yoqilg‘i qo‘shni davlatdan yetkazib beriladi.

Eng yaxshi holatda, 2021-yil yanvar oyining oxiri ssenariysi takrorlanishi mumkin. O‘shanda O‘shda xususiy sektorda yashovchi abonentlarga gaz berishni cheklagan.

Qirg‘iziston janubi oldin ham gazsiz hayot kechirgan. 2014-yil aprel oyida ushbu hududga gaz ta’minoti to‘liq uzilgandi. Muzokaralar natija bermagan. Iste’molchilar va obyektlar shoshilinch ravishda suyultirilgan gazga o‘ta boshlagan. Ko‘k yoqilg‘i yetkazib berish faqat 2014-yil dekabr oyida tiklangan.

Agar o‘sha paytda, sakkiz yil oldin, muammo yetkazib beruvchilar bilan muzokara o‘tkaza olmaslikda bo‘lgan bo‘lsa, hozir vaziyat boshqacha. O‘zbekiston ichki bozor ehtiyojlarini qondirishni ustuvor hisoblaydi. O‘zbekiston rasmiy organlari 2025 yilgacha gaz eksportini to‘xtatishni rejalashtirayotganini bir necha bor ta’kidlab kelgan.

Mavzuga doir: