Toshkent xalqaro aeroportining jo‘nab ketish terminali oldida O‘zbekistonda birinchi bo‘lib 333 ta avtomobilga mo‘ljallangan to‘liq avtomatlashtirilgan avtoturargoh ishga tushirildi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar bermoqda

Foto: Uzbekistan Airports

Inson aralashuvisiz ishlaydigan birinchi avtoturargoh test rejimida ishga tushirildi, — deyiladi xabarda. 

Avtoturargoh tizimi avtomobillarning davlat raqamlarini tanib, kirish-chiqish va to‘lovlarni qabul qilish imkonini beradi. 

Haydovchilarga to‘xtash joyi uchun to‘lovning ikki yo‘li taklif etiladi. Avtomashina raqamini avtomatik identifikatsiyalash bilan to‘xtash joyini maxsus avtoturargoh hisoblagichi orqali naqd pulda yoki QR kod yordamida to‘lash mumkin. 

Buni amalga oshirish uchun mashina raqamini terish kerak va to‘lov miqdori parkometr displeyida paydo bo‘ladi. 

Agar mashinaning raqami avtomatik ravishda aniqlanmasa, kirishda to‘xtash chiptasini olib, o‘sha joyda to‘lash kerak bo‘ladi.

Ayni paytda barcha yangi va eski banknotalar to‘lovga qabul qilinmoqda, To‘lovlar Payme to‘lov tizimining QR-kodi yordamida ham amalga oshiriladi. 

Ta’kidlanishicha, yaqin vaqt ichida boshqa to‘lov tizimlari hamda Visa, Mastercard, Humo va Uzcard bank kartalari orqali to‘lovlar paydo bo‘ladi.

Avvalroq O‘zbekistondagi aeroportlarning umumiy foydasi ma’lum bo‘lgandi.