AQSH mart oyida MIG-29 sovet qiruvchi samolyotlarini Ukrainaga berish haqidagi Polsha bilan erishilgan kelishuvni bekor qildi. Bu haqda The Spectator xabar berdi.

Foto: Russia Beyond

Xitoy Ukrainadagi urushning kuchayishidan qo‘rqib, aviatexnikani bermaslikni talab qilganidan so‘ng, Vashington bunga rozi bo‘lgan. Dastlab AQSH Polshaning MiG-29 samolyotlarini Ukrainaga topshirishni qo‘llab-quvvatlagan, ammo Pekin murojaati ortidan pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqqan. Yevropa davlatlarining bir qancha sobiq rahbarlari ham sovet qiruvchi samolyotlarini bermaslikni so‘ragan.

Ta’kidlashicha, agar AQSH MiG-29 samolyotlarini yuborishga ruxsat bermasa, Xitoy Rossiyaning “yadroviy tahdidini yo‘q qilish” uchun qo‘lidan kelganini qiladi. Oqibatda Oq uy aviatexnikani yetkazib berishga qarshi chiqqan.

“Vashington fikrini nima o‘zgartirdi? Qisman bu Yevropaning sobiq rahbarlari va yuqori martabali amaldorlari ishtirokidagi shoshilinch va maxfiy tashabbusi bo‘lib, oxir-oqibat xitoyliklar tomonidan ma’qullandi”, — deb yozadi The Spectator.

Jurnalistlarning yozishicha, Xitoy Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirish rejalaridan xabardor bo‘lgan. Ammo Kreml yaqinlashib kelayotgan urushni “yo‘qolgan Rossiya viloyatini qaytarish va Rossiyani tarixiy chegaralariga qaytish uchun cheklangan operatsiya” sifatida talqin qilgan.

Mavzuga doir: AQSH va Xitoy mudofaa vazirlari Ukrainadagi mojaro hamda Tayvan masalasini muhokama qildi