Qulaylik doim ham yaxshi natijani anglatmaydi. Ayrim hollarda qog‘oz salfetka nafaqat foydasiz, balki buyumlarga zarar yetkazishi ham mumkin, deb yozadi “Noviy ochag”.

Foto: “Noviy ochag”

Taxtakach

Foto: “Noviy ochag”

Agar taxtakach yuzasidagi go‘sht, sabzavot yoki mevalar sharbatini qog‘oz salfetka bilan artishga odatlangan bo‘lsangiz, buning ish berishi dargumon. Qog‘oz barcha suyuqlikni o‘zlashtira olmaydi va tezda namlanib, maydalanib ketadi.

Yog‘ochdan yasalgan mebel

Foto: “Noviy ochag”

Tabiiy qattiq yog‘ochdan yasalgan mebel notekis yuzaga ega. Undagi changni qog‘oz salfetka bilan artib bo‘lmaydi. Chunki salfetka yog‘och orasiga tiqilib qoladi va undan chiqarib olish deyarli mumkin emas.

Elektron uskunalar

Foto: “Noviy ochag”

Qog‘oz salfetkalar smartfon, noutbuk ekrani va televizorni parvarish qilish uchun mutlaqo mos emas. Tashqi yumshoqligiga qaramay, salfetka gadjetlar yuzasida yoriqlar qoldirishi mumkin.

Ko‘zoynak

Foto: “Noviy ochag”

Ko‘zoynak linzalari tashqi ta’sirga ham sezgir. Ularni qog‘oz salfetka bilan artib, nafaqat sirtga zarar yetkazish, balki uning ustida ko‘rishga xalaqit beradigan chang qoldirish ham mumkin.

Gilam

Foto: “Noviy ochag”

Gilam ustiga to‘satdan to‘kilgan ichimlikni qog‘oz salfetka bilan artib bo‘lmaydi. Darrov namlikda maydalanib ketadigan salfetka gilam orasida yopishib qoladi. Yaxshisi, oddiy mato yoki gubka yordamida artib olish kerak.

Deraza va ko‘zgu

Foto: “Noviy ochag”

Oynalarni qog‘oz salfetka bilan artish barcha ishni yo‘qqa chiqaradi. Qog‘oz salfetka sirtga yopishadi va derazani yana yuvish kerak bo‘ladi. Tozalash uchun mikrofiber matolar yoki oddiy gazeta ko‘proq mos keladi.

Avtomobil saloni

Foto: “Noviy ochag”

Hech qachon uskunlar va avtomobilning boshqa qismlarini qog‘oz salfetka bilan artmang. Qog‘oz salfetka yuzadagi hech qanday changlarni tozalamaydi.

Qora kiyimlar

Foto: “Noviy ochag”

Qora kiyim ustiga biror narsa to‘kilsa, uni darhol qog‘oz salfetka bilan artib olishga shoshmaslik kerak. Salfetka namlikda maydalanib, qora kiyim ko‘rinishiga putur yetkazadi.