Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida 22 noyabr kuni temir bo‘lagiga o‘xshash snaryad topildi. Bu haqda Milliy gvardiya axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Milliy gvardiya axborot xizmati

Qayd etilishicha, shu kuni soat taxminan 12:00 da Oltiariq tumani IIB bo‘limiga tushgan xabarga ko‘ra mazkur hududda istiqomat qiluvchi 52 yoshli fuqaro B.H. axlat yig‘ish joyidan zanglagan temir bo‘lagini topib olgan. O‘z xonadoniga olib borgach esa ushbu jism portlovchi snaryad ekanini bilib qolgan va hudud profilaktika inspektoriga xabar bergan.

Voqea joyiga tezkorlik bilan Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari va viloyat IIB sapyor bo‘linmalari yetib borib, mazkur snaryad zararsizlantirish uchun olib ketilgan.

Mavzuga doir: