Futbol bo‘yicha JCH—2022 2-turida Janubiy Koreya va Gana terma jamoalari 28-noyabr, dushanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvda Gana 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Afrikaliklar safida Muhammad Salisu bitta gol urgan bo‘lsa, Muhammad Qudus dubl muallifiga aylandi. Koreyaliklar tarkibida Chjo He Son o‘z hisobiga ikkita gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa H guruhida Gana 3 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. Janubiy Koreya esa 1 ochko bilan 4-pog‘onani band etgan.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Portugaliya va Urugvay o‘zaro bahs olib boradi.

JCH—2022

2-tur bahsi

28-noyabr, dushanba

Janubiy Koreya — Gana 2:3

Gollar: 0:1 – 24 Salisu, 0:2 – 34 Kudus, 1:2 – 58 Chjo Gyu Son, 2:2 – 61 Chjo Gyu Son, 2:3 – 68 Kudus.

Janubiy Koreya: Kim Sin Gyu, Kim Mun Hvan, Kim Yen Gvon, Kim Min Chje (Kvon Gen Von, 90), Kim Chjin Su, Chjon U Yen (Hvan Iy Chjo, 79), Kvon Chxan Xun (Li Kan In, 57), Hvan In Bom, Chjon Vu Yen (Na San Ho, 46), Son Hyon Min, Chjo Gyu Son.

Gana: Ati-Ziji, Lempti (Odoi, 78), Amarti, Salisu, Mensa (Baba, 88), Parti, Kudus (Jiku, 83), Abdul-Samed, Ayyu (Kere, 78), Ayyu (Sulemana, 78), Uilyams.

Ogohlantirishlar: Amarti (21), Chjon U Yen (27), Lempti (73), Kim Yen Gvon (77).