Futbol bo‘yicha JCH—2022 2-turida Kamerun va Serbiya terma jamoalari 28-noyabr, dushanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 29-daqiqasida Jan-Charls Kastelletto hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Straxinya Pavlovich muvozanatni tikladi. 45+3-daqiqada esa Milinkovich-Savich serbiyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Shu tariqa jamoalar tanaffusga yo‘l oldi.

Ikkinchi bo‘limda Serbiya faol harakat qildi va 53-daqiqada Aleksandar Mitrovich hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. 63-daqiqada Vinsent Abubakar hisobni qisqartirdi. Oradan 3 daqiqada o‘tib, Erik Shupo-Moting muvozanatni tikladi. Qolgan daqiqalarda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi.

Shu tariqa Kamerun va Serbiya o‘z hisobiga 1 ochkodan yozdirib qo‘ydi.

G guruhining ikkinchi o‘yinida Braziliya Shveysariya bilan bahs olib boradi.

JCH—2022

2-tur bahsi

28-noyabr, dushanba

Kamerun — Serbiya 3:3

Gollar: 1:0 – 29 Kastelletto, 1:1 – 45 Pavlovich, 1:2 – 45 Milinkovich-Savich, 1:3 – 53 Mitrovich, 2:3 – 63 Abubakar, 3:3 – 66 Shupo-Moting.

Kamerun: Epassi, Fe, Nkulu, Kastelletto, Tolo, Kunde (Ondua, 67), Zambo-Angissa (Gvet, 81), Ongla (Abubakar, 55), Shupo-Moting, Toko-Ekambi (Bassogog, 67), Mbemo (Nkudu, 81).

Serbiya: Milinkovich-Savich, Velkovich (Babich, 78), Milenkovich, Pavlovich (Mitrovich, 56), Kostich (Durichich, 90+2), Milinkovich-Savich (Gruyich, 79), Maksimovich, Lukich, Jivkovich (Radonich, 78), Tadich, Mitrovich.

Ogohlantitishlar: Nkulu (24), Bassogog (30), Yovich (45), Milenkovich (90+4).