Futbol bo‘yicha JCH—2022 2-turida Braziliya 28-noyabr, dushanba kuni Shveysariya bilan to‘qnash keldi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar daxlsiz qoldi. Ikkinchi bo‘lim Braziliyaning ustunli ostida kechdi va 83-daqiqada Kazemiro hisobni ochdi. Ushbu gol yagonaligicha qoldi.

Shu tariqa Braziliya ochkolarini 6 taga yetkazdi va pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Shveysariya esa 3 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.

G guruhining ikkinchi o‘yinida Serbiya Kamerun bilan 3:3 hisobida durang qayd etdi.

JCH—2022

2-tur bahsi

28-noyabr, dushanba

Braziliya — Shveysariya 1:0

Gol: 1:0 – 83 Kazemiro.

Braziliya: Alisson, Militao, Tiago Silva, Markinyos, Aleks Sandro (Telles, 86), Kazemiro, Fred (Bruno Gimaraes, 58), Lukas Paketa (Rodrigo, 46), Risharlison (Gabriel Jezus, 73), Rafinya (Antoni, 73), Vinisius Junior.

Shveysariya: Zommer, Vidmer (Fray, 86), Elvedi, Akanji, Rodriges, Jaka, Froyler, Sou (Ebisher, 76), Vargas (Fernandesh, 59), Rider (Shteffen, 59), Embolo (Seferovich, 76).

Ogohlantirishlar: Rider (50), Fred (52).