Futbol bo‘yicha o‘rtoqlik o‘yinida “Roma” 28-noyabr, dushanba kuni Yaponiyaning “Yokogama Marinos” klubiga qarshi bahs olib bordi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 9-daqiqasida yaponlar hisobda oldinga chiqib oldi. Dastlabki gol Eduardo hisobiga yozildi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Mile Slivar o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Eldor Shomurodov Abrahamning o‘rniga maydonga tushdi. 69-daqiqada Nikolo Zaniolo hisobni qisqartirdi. 72-daqiqada Matshubara yaponlarning navbatdagi goliga mualliflik qildi. 84-daqiqada Rojer Ibanez yana bir bor hisobni qisqartirdi. 90+3-daqiqada Eldor gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

O‘rtoqlik o‘yini

28-noyabr, dushanba

“Roma” – “Yokogama Marinos” 3:3

Gollar: 0:1 — 9 Eduardo, 0:2 — 45+1 Mile Slivar (avtogol), 1:2 — 69 Zaniolo, 1:3 — Matshubara, 2:3 — Ibanez, 3:3 — 90+3 Eldor Shomurodov.