“Yuventus” rahbariyatining barcha a’zolari iste’fo berdi.

Foto: Twitter

La Gazzetta dello Sport nashrining xabar qilishicha, klubning navbatdan tashqari yig‘ilishida prezident Andrea Anyelli, vitse-prezident Pavel Nedved, bosh direktor Mauritsio Arrivabene va yana 7 nafar yuqori lavozimdagi shaxs iste’fo bergan.

Mazkur holat hisobotlardagi qoidabuzarliklar va budjetni taqsimlashdagi muammolar bois prokuratura tomonidan ochilgan ish tufayli sodir bo‘lgan.

Anyelli “Yuventus”ni 2010-yilning may oyidan beri boshqarib keladi. Uning qo‘l ostida klub ketma-ket 9 marta Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi, ikki bor Chempionlar Ligasi finaliga yetib bordi, besh martadan Italiya Kubogi va Superkubogida g‘alaba qozondi.