Futbol bo‘yicha Belarus Oliy Ligasining 2022-yilgi mavsumi o‘z yakuniga yetdi.

Foto: “Energetik-BGU”

Mavsum yakunlariga ko‘ra, “Energetik-BGU” a’zosi Bobur Abduxoliqov yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Shuningdek, o‘zbekistonlik futbolchi eng yaxshi hujumchi, eng yaxshi to‘purar va eng foydali futbolchi nominatsiyalarida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, “Energetik-BGU” jamoasi mavsumni ikkinchi o‘rinda yakunladi. Abduxoliqov esa 26 ta gol va 7 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!