Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Instabloger, aktrisa Feruza Normatova Umra safarida tushgan suratini muxlislariga ko‘rsatdi.

Foto: Instagram

To‘y xizmatlarining birida xonanda Hosila Rahimovani ko‘tarib olishdi. Bundan xonandaning qattiq jahli chiqdi.

“Xo‘ja” guruhi xonandasi Izzat Ibragimov onasi bilan tushgan bolalikdagi suratini obunachilariga namoyish qildi.

Foto: Instagram

Xonanda Dostonbek Ergashev konsert dasturiga onasi tashrif buyurgani aks etgan videoni e’lon qildi.

Aktyor Yigitali Mamajonov rafiqasi Muqaddas Sa’dullayeva bilan tushgan yangi suratini folloverlariga ko‘rsatdi.

Foto: Instagram

Aktrisa Luiza Rasulova ijtimoiy tarmoqlar uchun video olayotgan vaqtida yiqilib tushdi.

Zulayho Boyxonova yangi surati bilan ko‘rinish berdi va obunachilariga har doim tabassum qilib yurish kerakligi haqida gapirdi.

Foto: Instagram

Raqqosa Parizoda o‘zi uchun yaratilgan yangi libosini muxlislariga ko‘rsatdi.

Xonanda Umidaxon baxt rozilik, qanoat va xotirjamlikda ekani haqida fikr bildirdi.

Foto: Instagram

Botir Qodirov to‘y xizmatlarining birida uning taronasiga raqs tushgan muxlisalarining videosini sahifasiga joyladi.

Jahongir Poziljonov tez kunlarda yangi taronasini muxlislariga taqdim etishini ma’lum qildi.

Xonanda Kaniza yaqinlari, hamkasblari ichidan uning turmush o‘rtog‘ini qidirgan obunachilariga murojaat qildi.

Foto: Instagram

AQSHda yashovchi aktyor Otabek Mahkamov kuzatuvchilariga alligatorlar haqida so‘zlab berdi.

Aktrisa, dizayner Shahzoda Muhammedova shogirdlari bilan yangi dizaynerlik ko‘rgazmasida ishtirok etganini ma’lum qildi.

Aktyor, teleboshlovchi Rixsitilla Abdullayev aqli sog‘lom insonlar o‘rganishni, johil insonlar esa o‘rgatishni ustun ko‘rishini aytdi.

Foto: Instagram

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamovning xasta yotgani aks etgan video tarqaldi.

Aktrisa Durdona Qurbonova “Xiva Langari” nomli tarixiy filmda suratga tushayotganini ma’lum qildi.

Foto: Instagram

Lola milliy qo‘shiqlarga raqsga tushgani aks etgan videoni muxlislariga namoyish qildi.

Xonanda Ziyoda yangi suratini obunachilariga ko‘rsatdi.

Foto: Instagram

Muqaddas Sa’dullayeva xonanda Kanizani farzandli bo‘lgani bilan tabrikladi.

Foto: Instagram

Shuningdek, aktrisa turmush o‘rtog‘i Yigitali Mamajonov bilan tushgan yangi videosini sahifasiga joyladi.

Mavzuga doir: