Futbol bo‘yicha JCH—2022 musobaqasining 2-tur bahslari ortda qoldi.

Foto: Getty Images

Tur yakunlariga ko‘ra uchta terma jamoa muddatidan avval pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi. Bular: Fransiya, Braziliya va Portugaliya.

Qatar va Kanada terma jamoalari esa guruhda qolib ketadigan bo‘ldi.

29-noyabrdan uchinchi tur o‘yinlari start oladi. Har bir guruhning ikki o‘yini parallel vaqtda o‘tadi.