Qatar JCH—2022 guruh bosqichi 3-turida Niderlandiyaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Foto: Getty Images

Bundan oldin birinchi turda Ekvadorga (0:2) va ikkinchi turda Senegalga (1:3) mag‘lub bo‘lgandi. Qatarning mundialdagi birinchi va hozircha yagona goliga Muhammad Muntari mualliflik qildi.

Shu tariqa Qatar o‘z mamlakatida 3 ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan dastlabki mezbonga aylandi.

Shuningdek, qatarliklar guruh bosqichida eng ko‘p gol o‘tkazib yuborgan mezbon mamlakatga aylandi. Qatar jami 7 ta golni o‘z darvozasidan olib chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, faqatgina JAR o‘z mezbonligi ostida o‘tgan mundialda guruhdan chiqa olmagandi. 2010-yilda afrikaliklar 4 ochko jamg‘arib, guruhda 3-o‘rinni egallagandi. To‘plar nisbati esa 3:5 bo‘lgan.