“Qozog‘iston go‘zali—2000” tanlovi ishtirokchisi, 37 yoshli aktrisa Natalya Semago (Stashenko) Moskva markazidagi xonadonida o‘lik holda topildi, deb xabar beradi “Zakon.kz”.

Foto: Instagram / @nata_stesha

OAVlarga ko‘ra, Semagoning o‘g‘li uni behush holda topgan va qo‘shnilarini yordamga chaqirgan, ular esa “tez yordam”ga qo‘ng‘iroq qilgan. Biroq ayolni qutqarib qolishga muvaffaq bo‘lishmagan.

Tan jarohatlari yo‘qligi aytilmoqda, o‘lim sababi hozircha noma’lum.

Natalya Moskvadagi Luna teatrida ishlagan, “Aldangan rafiqalar ligasi” serialida suratga tushgan.

Natalya Semago 1984-yilda Qozog‘istonning Pavlodar shahrida tug‘ilgan. Musiqa va matematika maktabida o‘qigan, shuningdek, Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK)ni bitirgan. 2000-yilda “Qozog‘iston go‘zali” tanlovida qatnashgan.