Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Mirobod tumanida maktab o‘quvchilari do‘kon sotuvchilari tomonidan kaltaklangani haqidagi xabar tarqaldi Poytaxt IIBB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, 26-noyabr kuni taxminan soat 14:00 larda 2005-yilda tug‘ilgan to‘rt nafar maktab o‘quvchilari (A.D., M.A., X.K., M.V.) Mirobod tumani Yangi Qo‘yliq ko‘chasida joylashgan do‘konlardan biriga kirib, sotuvchi yordamchisi 2005-yilda tug‘ilgan Sh.L. va uning tanishlari 2004-yilda tug‘ilgan S.H hamda 2005-yilda tug‘ilgan S.H. bilan o‘zaro gap talashib qolgan.

So‘ngra ular do‘kondan chiqib, Qo‘yliq 4-mavzesidagi ko‘p qavatli uylar oldiga borib o‘zaro janjallashgan. Natijada ikki nafar voyaga yetmagan X.K. va M.V. tan jarohati olib kasalxonaga murojaat qilgan. Hozirda ularning ahvoli qoniqarli.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Mazvuga doir: Toshkentda o‘quvchilar futboldagi janjal sabab mushtlashib ketdi (video)