Futbol bo‘yicha JCH—2022 3-turida D guruhining ikki o‘yini 30-noyabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Fransiya Tunisga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida jamoalar gol ura olmadi. Ikkinchi bo‘limda Tunis faollikni oshirdi va 58-daqiqada Vabi Hazri hisobni ochdi. Ushbu gol yagonaligicha qoldi va jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Avstraliya Daniyaga qarshi bahs olib bordi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Avstraliyaliklar safida Metyu Leki gol muallifiga aylandi.

Shu tariqa D guruhida Fransiya 6 ochko bilan 1-o‘rinni, Avstraliya ham xuddi shuncha ochko bilan 2-o‘rinni band etib, pley-offga yo‘l oldi. Tunis 4 ochko jamg‘ardi, Daniya esa 1 ochko bilan so‘nggi pog‘onani band etdi.

JCH—2022

3-tur bahsi

30-noyabr, chorshanba

Tunis — Fransiya 1:0

Gol: 1:0 – 58 Hazri.

Tunis: Damen, Keshrida, Gandri, Merya, Talbi, Maalul, Sxiri, Laiduni, Ben-Romdan (Shalali, 74), Sliman (Abdi, 83), Hazri (Jebali, 59).

Fransiya: Mandanda, Disasi, Varan (Saliba, 63), Konate, Kamavinga, Veretu (Rabyo, 63), Tchuameni, Fofana (Grizmann, 73), Genduzi (Dembele, 79), Koman (Mbappe, 63), Kolo-Muani.

Ogohlantirish: Keshrida (28).

Avstraliya — Daniya 1:0

Gol: 1:0 – 60 Lekki.

Avstraliya: Rayan, Degenek, Suttar, Roulz, Behich, Muy, Irvayn, Makgri (Rayt, 74), Lekki (Hrustich, 89), Dyuk (Maklaren, 82), Gudvin (Bakkus, 46).

Daniya: Shmeyxel, Kristensen (Ba, 46), Kristensen, Andersen, Mele (Kornelius, 70), Eriksen, Hyoyberg, Yensen (Damsgor, 59), Lindstrem, Breytueyt (Dolberg, 59), Olsen (Skov, 69).

Ogohlantirishlar: Behich (4), Degenek (57), Skov (75).