1-dekabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Orjonikidzeda Isroilga qochish uchun maktab o‘quvchilarini asirga olgan bangilar, Stalinning yaqin do‘sti Kirovning otib ketilishi hamda Antarktika bo‘yicha bitimning imzolanishi oid faktlar o‘rin olgan.

Xorijga qo‘chish uchun o‘quvchilarni asirga olgan bangilar

Bundan 34 yil oldin 1-dekabr kuni qurollangan bir guruh bangilar Orjonikidzeda 4-sinf o‘quvchilarini o‘qituvchisi bilan birga asirga olgandi. Bosqinchilar xorij valyutasida katta miqdorda pul va chet elga chiqib ketish imkoniyati taqdim etilishini talab qilgan. Sovet hukumati barcha talablarni bajargani bois, qurbonlar bo‘lmagan. Jinoyatchilar Isroilga kelib qo‘ngan, u yerda qo‘lga olinib, yana ortga qaytarib yuborilgandi.

Foto: “TASS”

Bu SSSR tarixida maktab o‘quvchilarining asirga olinishi bilan bog‘liq ikkinchi hodisa edi. Birinchi marta bunday voqea 1981-yil dekabrda ro‘y bergan — o‘shanda ikki nafar dezertir-askar maktabga hujum qilib, Kalashnikov avtomati bilan 10-sinf o‘quvchilar biologiya xonasiga qamalib olgan.

Terrorchilar o‘zlariga xorijga chiqish pasporti va Amerika vizasi berilishini, aks holda asirlarni otib tashlash bilan tahdid qilgan. Harbiy xizmatchilar “Alfa” bo‘linmasi xodimlari tomonidan to‘xtatib qolingan. Bolalardan hech biriga shikast yetmagan. 1980-yillar o‘lchovi bo‘yicha bu butunittifoq ko‘lamidagi favqulodda holat edi. 1990-yillarga kelib bunday hodisalar tez-tez sodir bo‘lib turgan, ba’zida yilda bir necha marta ham.

Orjonikidzedagi bolalarning asirga olinishida besh kishi ishtirok etgan — to‘da yetakchisi, uch marta sudlangan 38 yoshli bangi Pavel Yakshiyans, 26 yoshli Vladimir Muravlev, 22 yoshli German Vishnyakov, 25 yoshli Vladimir Anastasov va 28 yoshli Tofiy Jafarov. Ularning barchasini giyohvand moddalar bilan muammosi bo‘lgan.

Foto: “TASS”

Bosqinchilar imkon qadar yoshroq bolalarni asirga olishga qaror qilgan, chunku ularni kattalarga qaraganda nazorat qilish oson edi. Jinoiy rejani amalga oshirishni ular “LAZ-697” avtobusini o‘g‘irlashdan boshlagan: jinoyatchilarning birinchi asiri Vaxtang Gviniashvili bo‘lgan. Yakshiyans o‘quvchilarni avtobusga chiqarishni rejalashtirgan, biroq hujum obyekti sifatida avvaldan hech nima tanlanmagan.

Shu sababli jinoyatchilar bereja bir maktabdan ikkinchiga borib, oxiri kitob tipografiyasiga ekskursiya uchun yo‘l olgan bolalarga duch kelgan.

Bolalar bino ichida bo‘lgan vaqtda Yakshiyans 4-“G” sinf rahbari Yefimova taqdim etgan yo‘l varaqasini soxtalashtirgan. O‘quvchi xo‘rakka ilinib, maktab rotdan ham bolalarni olib ketishga transport vositasini yuborganiga ishongan. O‘quvchilarga ota-onalar hamrohlik qilmagani bois yolg‘on bolalarning avtobusga minib, tipografiyadan ketmaguniga qadar fosh bo‘lmagan. Yo‘lda Yakshiyans yo‘lovchilar yoniga hech narsadan bexabar sobiq rafiqasi va qizini ham qo‘shgan. Aksiya tashabbuskorni ularni ham xorijga olib ketish niyatida bo‘lgan.

Soat 16:30 asirlar SSKP Shimoli-Osetin viloyati qo‘mitasiga olib borilgan va hukumat bilan muzokaralar boshlangan. Jinoyatchilar o‘z talablari bajarilmasa, avtobusni yoqib yuborish bilan tahdid qilgan. Niyatlari qat’iy ekanini ko‘rsatib qo‘yish maqsadida ular salonga benzin quyilgan idishlarni joylashtirgan.

Orjonikidzedagi holat bo‘yicha zudlik bilan Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi Mixail Gorbachevga hisobot berilgan.

Uning buyrug‘i bilan bolalarni qutqarish bo‘yicha tezkor shtab tuzilgan. Shtab tarkibida “KGB”, IIV, TIV va Fuqarolik aviatsiyasi vazirliklari vakillari o‘rin olgan. Umumiy rahbarlik “KGB” raisi o‘rinbosari Vitaliy Ponomaryovga topshirilgan. Bosqinchilar mahalliy aeroport xalqaro reysni amalga oshira olmasligiga ishontirilgan hamda ularga Mineralni Vodiga borish taklif etilgan.

Birinchi navbatda avtobusga hamrohlik qilish uchun YPX bo‘linmasi “trevoga” signali bilan ko‘tarilgan.

Ularning ortidan avtomobillar kolonnasi harakatlandi. Nafaqat xizmat, balki shaxsiy avtomobillar ham. Maktab o‘quvchilarining ota-onalari o‘z transport vositalaridan foydalanishga kirishdi. Kolonna kutib olish va to‘g‘ri yo‘nalishda aeroportga yo‘naltirish kerak edi. Lekin qaysi biriga? Bir nechta variant bor edi. Rejaga ko‘ra, bosqinchilarning avtobusdan tushib Mineralniye vodi aeroporti hududiga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik edi. U yer doim gavjum. Shu sababli avtobus alohida yo‘nalish bilan harakatlandi”, — deydi voqea guvohlaridan biri.

Hukumat jinoyatchilarning barcha talablarini bajarishga kirishgan. Ko‘p soatlik muzokaralardan keyin “KGB” podpolkovnigi Yevgeniy Sheremetyev boshchiligida ularga zirhli nimchalar, pistolet va avtomatlar, 2 million dollar solingan uchta qop va giyohvand moddalar tayyorlash uchun dorilar berilgan.

Moskvadan “Il-76” samolyoti olib kelingan, ekipajning sakkiz a’zosi bolalar bilan birga asirga olinib, qo‘llari kishanlangan. Yakshiyans guruhi o‘quvchilardan tirik qalqon sifatida foydalanib avtobusdan samolyotga chiqib olgan. Shundan keyin 4-sinf o‘quvchilari va o‘qituvchi Yefimova qo‘yib yuborilgan. Sheremetyev o‘zini asirga olishni taklif qilgan.

Sovet hukumati bort parvoziga ruxsat bergan. Uzoq tanlashlardan keyin jinoyatchilar Isroilni tanlagan, Yakshiyans u yerdan o‘zlarini SSSRga qaytarib yubormasliklariga umid qilgan.

2-dekabr kuni soat 15:30 da “Il-76” samolyoti Tel-Aviv tomon ko‘tarilgan. Jinoyatchilar agarda havo kemasi SSSR hududiga qo‘nadigan bo‘lsa, uchuvchilar va shturmanni otib tashlashlarini aytgan. Bir necha soatdan keyin samolyot Isroildagi harbiy bazalardan biriga kelib qo‘ngan. Qochoqlar Isroil politsiyasiga o‘zlarini JARga o‘tkazib yuborishlari uchun 1 million dollar taklif qilgan, biroq ingliz tilini bilmaganliklari bois, ular bilan to‘liq aloqa o‘rnatilmagan.

Foto: “TASS”

Mamlakat hukumati bu vaqtga kelib vaziyatni sovet tomoni bilan muhokama qilib bo‘lgan va bosqinchilarni suddan keyin ularning hayotini saqlab qolish sharti bilan mamlakat qaytarib yuborishga qaror qilgandi. O‘shanda Moskvadan ichida maxsus guruh vakillari bor “Tu-154” yuborilgan. 3-dekabr kechqurun besh nafar jinoyatchi SSSR vakillariga topshirilgan.

Foto: “TASS”

Yakshiyans mol-mulki musodara qilinib, 15 yilga qamalgan, Muravlev, Vishnyakov va Anastasov 14 yilga ozodlikdan mahrum etilgan bo‘lsa, Jafarov uch yilga alohida tartibli koloniyaga mahkum etilgan. 1990-yilda sobiq to‘daboshi ommaviy qochishga urinishni amalga oshirib yana 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Biroq 2005-yilda uning jazo muddati qisqartirilib, Yakshiyans ozod etilgan.

“Stalin hasad qilgan bo‘lishi mumkinmi?”. Kirovning o‘ldirilish siri

1934-yil 1-dekabrda Smolniy koridorida Iosif Stalinning yaqin do‘sti, Leningrad viloyati qo‘mitasining raisi Sergey Kirov otib ketilgandi. Bir oydan kamroq vaqt ichida uning qotili Leonid Nikolayev sud qaroriga ko‘ra qatl etilgan. Oliy rahnamoning qo‘li borligi gumon qilingan jinoyatning asl sabablari hozirga qadar noma’lumligicha qolmoqda.

Foto: “RIA Novosti”

Qator tadqiqotchilar Kirovni Stalinning qurboni deb hisoblaydi. Shunga qaramay, uning o‘ldirilishiga Stalinning aloqasini isbotlovchi to‘g‘ridan to‘g‘ri dalillar yo‘q.

Vyatsk guberniyasida dunyoga kelib, erta yetim qolgan Sergey Kostrikov 1904-yilda Rossiya Sotsial-demokratik Mehnat partiyasi a’zosiga aylangan. Bir yildan keyin birinchi marta hibsga olingan, qamoqdan chiqqash birinchi rus inqilobida qatnashgan va yana qamoqqa yo‘l olgan. Jazo muddatini o‘tab, professional inqilobchi sifatida qayta tayyorgarlikdan o‘tgan yigit muxolifat gazetalarida Kirov taxallusi bilan yozishni boshlagan.

Kirov va shu kabi insonlarning yulduzli onlari Oktyabr inqilobida yuz bergan. Tom ma’noda oxirgi daqiqlarda u “to‘g‘ri” siyosiy kuchni tanlashga muvaffaq bo‘lgan: bolsheviklarga qo‘shilishda u uzoq o‘ylangan, bir partiyadan boshqasiga sakrab yurgan.

Fuqarolik urushi davrida Kirovga Shimoliy Kavkazda sovet hukmronligini o‘rnatish topshirilgan. 1919-yilda u Astaxan guberniyasi inqilobiy qo‘mitasi raisi va 9-armiya Inqilobiy harbiy kengashi a’zoligiga qadar ko‘tarilgan. Sovet tarixchilariga ko‘ra, Kirov 9-armiya bilan birga, Shimoliy Kavkaz va Bokuda sovet hukmronligini o‘rnatishda ishtirok etgan.

Aftidan, o‘sha vaqtda Kirov Stalin bilan tanishib qolgan. Aslida ular bundan ham oldinroq tanishgan bo‘lishi mumkin, ammo aynan 1919-yil Furqaolik urushining hal qiluvchi pallasi va Kirovning Kavkazdagi faoliyati mustahkam hamkorlik davriga to‘g‘ri kelgan.

Ayrim tarixchilarning hisoblashicha, Stalin Bolsheviklarning Butunittifoq Kommunistik partiyasining 1934-yil boshida o‘tkazilgan XVII syezdida Kirovga qarshi bo‘lib qolgan. Kirov ushbu syezdda Stalindan ko‘proq ovoz to‘plagan. Yana bir vaziyat bo‘lgan: Leningrad rahbari SSSR yetakchisiga unga qarshi fitna tayyorlanayotgani haqida aytgan. Biroq Stalin Kirovning unga bildirgan ishonchini o‘ziga xos tarzda baholagan.

Foto: “RIA Novosti”

Nikita Xrushchyov o‘z memuarlarida yozishicha, XVII syezd vaqtida Kirovning oldiga qari Bolshevik, Shimoliy Kavkaz o‘lkasi qo‘mitasining birinchi kotibi Boris Sheboldayev kelgan. Tarixchi Roy Medvedevning ta’rifiga ko‘ra, ushbu rahbar o‘zini qattiq amaldor sifatida ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lgan va mahalliy miqyosda shaxsiyatga sig‘inishni yaratgan.

“Qariyalar Leninning vasiyatiga rioya qilgan holda Stalinni boshqa lavozimga o‘tkazish, uning o‘rniga esa atrofdagilar bilan murosa qilishga qodir insonni tayinlash haqida gapirmoqda. Xalq sening nomzodingni bosh kotiblikka ilgari surish haqida gapiryapti”, — degan Sheboldayev Kirovga.

Kirov ushbu gaplarni provakatsiya sifatida qabul qilgan va darhol Stalinning oldiga borib, barchasini aytib bergan. “Xalqlar otasi” esa unga “Rahmat, buni hech qanchon unutmayman”, degan.

Nima bo‘lganda ham avval boshida “G‘oliblar syezdi” nomini olgan XVII syezd oxir-oqibat “Otilganlar syezdi”ga aylangan. Katta terror yillari davomida delegantlarning yarmidan ko‘pi hibsga olingan — 1956 delegatning 1108 nafari (56,6 foizi).

Kirov 1933-yilda viloyatda ishlashga jo‘natilgan, biroq rad etgani uchun lavozimdan yechilgan Butunittifoq leninchi kommunistik yoshlar soyuzi sobiq xodimi Leonid Nikolayev tomonidan otib ketilgan. Versiyalardan biriga ko‘ra, u Kirovni karyerasidagi omadsizlik uchun o‘ldirgan. Boshqa bir versiyada keltirilishicha, Smolniydagi viloyat qo‘mitasi shtab-kvartirasida ishlagan uning rafiqasi Kirov bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan.

1934-yil 1-dekabr kuni 30 yoshli ishsiz leningradlik Smolniyga partiya biletini ko‘rsatgan holda kirgan: Nikolayev ishdan bo‘shatilgan partiya a’zoligidan ham chiqarilgan, biroq u a’zolikni qayta tiklashga erishgandi. Shunday qilib, jinoyatchi binoga kirib olib, kuta boshlagan.

Foto: “Yandeks”

Soat 16:30 larda uchinchi qavatdagi koridorda o‘z kabineti oldida Kirov ko‘rinish bergan. Nikolayev uni tanib, shahdam qadamlar bilan yaqinlashgan va gardaniga o‘q uzgan. Shundan keyin qotil o‘zini ham otmoqchi bo‘lgan, biroq hushini yo‘qotib, ota olmagan. U hodisa joyida qo‘lga olingan. Nikolayev shok holatida bo‘lgan va 2-sonli ruhiy kasalxonaga yetkazilgan.

Stalin tarafdori bo‘lgan Vyacheslav Molotov yozuvchi Feliks Chuyev bilan suhbatda Kirovning o‘ldirilishiga Stalinning biror-bir aloqasi borligini rad etgan. Uning fikricha, Leningrad rahbari o‘z imkoniyatlari haqida to‘g‘ri tasavvurda bo‘lgan va hech qachon davlatdagi oliy lavozimga da’vogarlik qilmagan. Tarix fanlari doktori, stalinshunos Yuriy Jukov esa shunday yozgandi:

Stalin Kirovga hasad qilgan yoki undan gumonlangan bo‘lishi mumkinmi? Bo‘lmagan gap! Nima uchun u holda doim unga yordam bergan, g‘amxo‘rlik qilgan, uyiga tunashga taklif qilgan? Kirov Stalin hammomga birga borishi mumkin bo‘lgan yagona inson edi. Men tergovning barcha materillarini o‘rganib chiqqanman, qotillik kartinasini daqiqama-daqiqa tiklaganman”.

Foto: “RIA Novosti”

Tergov jarayonlari tez tugagan. Nikolayev bilan yana 13 kishi sudlangan — qolganlar Kirov qotilining qarindoshlari va tanishlari edi. 1934-yil 29-dekabr kuni ertalab ularning barchasi o‘lim jazosiga hukm etilgan. Jazoni ijro etgan konvoirning so‘zlariga ko‘ra, Nikolayev “Aldashdi!”, deya baqirgan. Milda Draule keyingi yilning 10-martida otib o‘ldirilgan.

Antarktika bitimining imzolanishi

1959-yil 1-dekabr kuni Vashingtonda Antarktikada o‘zlarining ilmiy markazlariga ega 12 davlat (Avstraliya, Argentina, Belgiya, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Norvegiya, SSSR, AQSH, Fransiya, Chili, Janubiy Afrika Ittifoqi va Yaponiya) ishtirokida Antarktida to‘g‘risidagi bitim imzolangan. U 1961-yil 23-iyun kuni kuchga kirgan va davlatlar ratifikatsiya qilgan.

Foto: “RIA Novosti”

Antarktika geografik tushunchasi Atlantika, Hind va Tinch okeanlari bilan o‘ralgan Antarktida materigini o‘z ichiga oluvchi Janubiy qutb hududi bilan ifodalanadi. Ushbu keltirilgan hududlarning umumiy maydoni 50 million kvadrat kilometrga yoki Yer sayyorasining 10 foiziga teng. Antarktida materik sifatida Yevropadan ikki barobar katta bo‘lib, markaziy qutb pozitsiyasini egallagan. Uning 99,7 foizi muzliklar bilan qoplangan.

XIX asr oxirlari XX asr boshlarida ko‘plab kit ovlovchi flotilalar Antarktida suvlariga intilgan. Raqiblarning harakatini cheklashga bo‘lgan urinish, aniqsa, bir davlatning boshqasiga qarshiligi Antarktida hududi bo‘yicha egalik huquqlarini ishlab chiqarish ehtiyojini keltirib chiqargan. Antarktidada hududiy e’tirozlarning e’lon qilinishi vaziyatni yumshatmagan, balki Janubiy qutbdagi xalqaro hamjamiyatlar ishini qiyinlashtirgan. Xususan, Chili, Argentina va Buyuk Britaniya bir xil hududlarga da’vogarlik qilgan. Oqibatda qurolli mojarolar ham yuzaga kela boshlagan.

Shu munosabat bilan Antarktika muammosini xalqaro huquqiy tartibga solish jahon xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirishning dolzarb vazifasiga aylangan.

Hududlarga egalik huquqini talab qilgan qator davlatlar bilan bir necha yil davomida o‘tkazilgan diplomatik kelishuvlar natijasida 1959-yilda Antarktika bo‘yicha bitim tuzilgan. Bu Antarktidada e’lon qilingan hududiy da’volar bo‘yicha status-kvoni muzlatib qo‘ygan, yangi da’volarni e’lon qilish uchun to‘siq bo‘lgan va sayyoraning keng hududida geosiyosiy muvozanatni o‘rnatgan.

Foto: Phys

Antarktika bo‘yicha bitim “sovuq urush” davrida qurollanish ustidan nazoratni o‘rnatish bo‘yicha imzolangan birinchi xalqaro kelishuv hisoblanadi.

Bitim janubiy kenglikning 60-parallelidan janubda joylashgan hududda harbiy obyektlar yaratish, harbiy manyovrlar o‘tkazish, har qanday turdagi qurollarni, shu jumladan, yadroviy qurollarni sinovdan o‘tkazish va radioaktiv chiqindilarni utilizatsiya qilishni taqiqlaydi. Bitim qoidalariga rioya etilishini ta’minlash uchun tekshiruvlar istalgan vaqtda va Antarktidaning istalgan hududida o‘tkazilishi mumkin.

Antarktika bitimi bo‘yicha yadroviy qurollarning geografik tarqalishini oldi olingan. Yuqorida tilgan olingan hududda harbiy sohaga oid istalgan tadbirni o‘tkazish taqiqlangan. Butun Antarktika hududida erkin ilmiy-tadqiqot faoliyati, ma’lumotlar almashinuvi va hamkorlik (BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar shafeligida) e’lon qilingan.

Bitim shartlariga muvofiq, Antarktika hududiga bog‘liq barcha bahslar zarur holatda BMT Xalqaro sudi jalb etilgan holda tinch yo‘l bilan hal etilishi zarur. Ishtirokchilar yangi hududiy da’volarni ilgari surmaslik majburiyatini zimmasiga olgan.

Hozirda ushbu bitim ishtirokchilari soni 50 dan ortiq. Antarktika to‘g‘risidagi bitimga ko‘ra, u yerdagi istalgan hududda joylashgan biror davlat suvereniteti tan olinmaydi. Shu bilan birga, bitim hududiy da’volarni rad etmaydi; ular “muzatilgan”. Shartnoma amalda bo‘lgan vaqtda, hech qanday harakat yoki faoliyat Antarktidada hududiy suverenitetga da’vo qilish, saqlab qolish yoki rad etish uchun asos bo‘lmaydi va Antarktidada hech qanday suverenitet huquqlarini yaratmaydi.

Foto: Phys

Aniq hududiy da’volarni ilgari surmagan bo‘lsada, hududni o‘z manfaatlari zonasi deya e’lon qilgan AQSH va Rossiya alohida pozitsiyaga ega. Shu bilan birga, ikkala davlat ham boshqa davlatlarning da’volarini tan olmaydi.

1939-yilda Yaponiya Ross va Folklend sektori o‘rtasidagi hududga da’vo qilgan, ammo 1951-yilgi tinchlik shartnomasiga ko‘ra, u Antarktikadagi har qanday yerlarga bostirib kirishdan voz kechgan.

1986-yilda yangi hududiy da’volar kiritilishi taqiqlanganiga qaramay, Antarktikaning bir qismi norasmiy ravishda Braziliya “manfaatlari zonasi”ga kiritilgan.

Antarktika to‘g‘risidagi bitimga rioya etilishi qattiq nazorat ostida. Har bir davlat — bitim ishtirokchisi o‘z kuzatuvlarini amalga oshirishi mumkin. Antarktikadagi kuzatuvchilar va ilmiy xodimlar qaysi davlat fuqarosi bo‘lsa, o‘sha mamlakat yurisdiksiyasi ostida hisoblanadi.

“Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.