Apple Twitter’da reklama joylashtirishni to‘liq tikladi. Bu haqda ijtimoiy tarmoq rahbari Ilon Mask Twitter Spaces ovozli chatida ma’lum qildi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Foto: Bloomberg

Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, Apple ijtimoiy tarmoqning eng yirik reklamachisi hisoblanadi.

Mask avvalroq Apple Twitter’da reklama berishni rad etishdan tashqari, ilovani App Store’dan olib tashlash bilan tahdid qilganini aytgan edi. Shu fonda milliarder Apple “Amerikada so‘z erkinligidan nafratlanishini” ham bildirgan.

Shundan so‘ng Mask elektronika ishlab chiqaruvchisi rahbari Tim Kuk bilan uchrashdi va “Twitter’ning App Store’dan olib tashlanishi mumkinligi haqidagi tushunmovchilik” bartaraf etilganini aytdi.