Andijon viloyati, Asaka tumanida 5-dekabr kuni 3,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.

Foto: Seysmoprognostik monitoring respublika markazi

O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan 07:07 da qayd etilgan zilzila episentri Asaka tumanida bo‘lib, chuqurligi 15 kilometrga teng bo‘lgan.