O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga vaqtincha gaz quyish taqiqlandi. Ai-80 benzini uchun aksiz solig‘i bekor qilindi. Bu haqda Administratsiya rahbari Sardor Umurzoqov raisligida keskin tanqidiy ruhda o‘tayotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Yig‘ilishda yuzaga kelgan vaziyatni normallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar begilandi. Xususan,

  • barcha ishlab chiqaruvchilar va treyderlarga suyultirilgan gazni eksport qilish taqiqlanadi;
  • tabiiy gaz yetkazib berish imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berishga ruxsat beriladi;
  • Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalariga elektr energiyasi yetkazib berishga o‘rnatilgan vaqtincha cheklovlar yil yakuniga qadar uzaytirildi;
  • benzin va dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish uchun xomashyo hamda tayyor benzin importi oshiriladi;
  • birjada Ai-80 benzini savdosiga vositachi kompaniyalarning ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Avvalroq O‘zbekistonda elektr va gaz muammolarini tezkor hal qilish uchun 24 soat ishlaydigan shtablar tashkil etilishi haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Ai-80 6 800 so‘mdan: Toshkentda kunlik benzin narxlari e’lon qilindi