O‘zbekiston-Qozog‘iston sammiti yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Ittifoqchilik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida shartnoma va O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risida shartnomani imzoladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bundan tashqari, ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari, yirik kompaniyalari darajasida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan 15 ta hujjat qabul qilindi. Jumladan:

  • O‘zbekistonda multimodal transport-logistika markazini barpo etish bo‘yicha hamkorlik va anglashuv memorandumi;
  • O‘zbekistonda mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikda sheriklik to‘g‘risidagi bitim;
  • “O‘zbekneftgaz” AJ hamda “KazMunayGaz” AJ o‘rtasida O‘zbekistonga neft yetkazib berish bo‘yicha bitim;
  • Toshkent viloyati hamda Qozog‘istonning Turkiston viloyati o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi”;
  • Jizzax viloyati hamda Qozog‘istonning Turkiston viloyati o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi”;
  • Navoiy viloyati hamda Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyati o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi”;
  • Fuqarolarning o‘zaro kelib-ketish shartlari to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirish kiritish haqidagi bayonnoma;
  • O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan Qozog‘iston davlat xizmati ishlari agentligi o‘rtasida anglashuv memorandumi;
  • Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;
  • O‘rmon xo‘jaligi sohasidagi anglashuv memorandumi;
  • O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi strategik islohotlar agentligi bilan Qozog‘iston strategik rejalashtirish va islohotlar agentligi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha memorandum;
  • Oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;
  • Elektron savdoni rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi;
  • “Markaziy Osiyo” sanoat kooperatsiyasi xalqaro markazini barpo etish to‘g‘risidagi hadli bitim.

Tashrif doirasida jami 8 milliard dollarlik savdo va investitsiya shartnomalari imzolandi.

Foto

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman