Telegram jamoasi ilovaning 2022-yildagi eng oxirgi versiyasini taqdim qildi.
Foto: Telegram
“2022-yilni sog‘inadiganlar kam bo‘ladi, lekin biz u nima bilandir esda qolarli bo‘lishi uchun harakat qildik” — deyiladi Telegram xabar berdi.
Bu safargi yangilanishda berkitilgan media, qurilmada joy tejashning qo‘shimcha usullari, rasm muharriri uchun yangi vositalar, kontaktlarga profil rasmlarini taklif qilish imkoniyati va boshqa funksiyalar kiritilgan.
Berkitilgan media
Telegram xabarlarda istalgan matnni berkitish uchun maxsus formatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Endi rasmlar va videolarni tasvirni xiralashtiradigan yorqin qatlam bilan qoplash mumkin. Oluvchilar buni buzish va kontentni ko‘rish uchun bir marta bosishi kerak.
Foto: Telegram
Qurilma xotirasini maksimal tejash
Telegram ishlashi uchun xotirada deyarli joy talab qilinmaydi. Telefon xotirasidan media va hujjatlarni olib tashlash va istalgan paytda Telegram bulutidan qayta yuklab olish mumkin.
Foydalanuvchilar bir necha yildan buyon keshning maksimal hajmini belgilash va muayyan vaqt davomida ochilmagan fayllarni avtomatik olib tashlash imkoniyatidan foydalanib kelmoqda.
Foto: Telegram
Bu yangilanishda foydalanuvchilarda qurilma xotirasi muayyan chat turkumlari — shaxsiy xabarlar, guruhlar va kanallardan ortiqcha materiallar qanchalik tez-tez avtomatik tozalanishini tanlash, shuningdek, alohida chatlar uchun istisno qo‘shish imkoniyati paydo bo‘ldi.
“Xotiradan foydalanish” menyusidagi yangi doiraviy diagrammalar qurilmada nima joy olayotganini darhol tushunish, Media, Fayllar va Musiqa ruknlari esa eng katta fayllarni tezda o‘chirish imkonini beradi.
iOS uchun ilovada keshingiz hajmini hisoblash uchun ketadigan vaqtni ancha qisqartirilgan. Android foydalanuvchilar omadli — ularning ilovasi buni allaqachon yuqori tezlikda bajarmoqda.
Yangi funksiyalar bilan Sozlamalar > Ma’lumotlar va xotira > Xotiradan foydalanish ruknida tanishish mumkin.
Kontaktlar uchun profil rasmlari
Kontaktlaringizni tahrirlayotganingizda ular uchun profil rasmini tanlashingiz mumkin – buni uning profil rasmida faqat siz ko‘rasiz.
Foto: Telegram
Agar kontaktingiz uchun yaxshi profil rasmi bo‘lsa, buni unga taklif qilishingiz mumkin. U rasmni profiliga qo‘shishi uchun ikki marta bosishi kifoya.
Foto: Telegram
Kontaktning profilini oching > Tahrirlash bandini bosing, keyin “… uchun rasm belgilash” yoki “… uchun rasm taklif qilish” bandini tanlang.
Ommaviy profil rasmlari
Agar faqat muayyan foydalanuvchilar profil rasmingizni ko‘rishiga ruxsat bersangiz, qolgan barcha uchun ommaviy rasm belgilashingiz mumkin.
Foto: Telegram
Bu yangilanish maksimal profil rasmi maxfiyligiga erishishingizga ham imkon beradi: ko‘rinuvchanlikni “Hech kim” qilib belgilashingiz hamda ayrim foydalanuvchilar yoki guruhlarni istisno sifatida qo‘shishingiz mumkin.
Bu sozlamalarni Sozlamalar > Maxfiylik va xavfsizlik > Profil rasmi ruknida topish mumkin.
Guruh a’zolarini berkitish
Spamga qarshi kuchaytirilgan himoya sozlamasi kabi vositalar chat adminlariga katta guruhlarni tozalashda yordam beradi, lekin ayrim guruhlar a’zolarini istalmagan shaxsiy xabarlardan himoyalashni xohlashi ham mumkin.
Foto: Telegram
100 dan ortiq a’zoli guruhlar adminlari endi a’zolar ro‘yxatini berkitishni tanlashi mumkin. Shu tarzda, agar odamlar guruhga xabar yubormasa, faqat uning adminlari ular guruhda borligini biladi.
Android uchun ilovada jarayon animatsiyalari
Chatdagi xabarlar soni ko‘pligi sababli ancha yuqorida joylashgan javobga o‘tishda, shuningdek, ilovadagi ayrim boshqa bo‘limlarga ravon animatsiyalar qo‘shildi.
Yangi animatsiyali emojilar
Premium foydalanuvchilar Telegram rassomlaridan hadya sifatida maxsus animatsiyali emojilarning 10 ta yangi to‘plamiga ega bo‘ladi.
Foto: Telegram
Bu va boshqa to‘plamlarni stikerlar panelining emojilar sahifasida topish mumkin.
Istalgan kattalikdagi guruhlar uchun mavzular
Mavzulardan endi a’zolar sonidan qat’i nazar barcha guruhlar foydalanishi mumkin. Bu barchaga muhokamalarni tartiblashning yangi usulini taqdim etadi.
Bundan tashqari bir qancha interaktiv emojilardan ham foydalanish imkoniyati yaratildi.