11-yanvar kuni Los-Anjelesda yilning birinchi yirik kino tadbiri – “Oltin globus” mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mukofot tashkilotchilari avval qilgan barcha xatolarni hisobga oldi va xavflardan qochishga harakat qildi, biroq Juliya Roberts, Tom Kruz, Xyu Jekman, Emma Tompson, Daniyel Kreyg, Teylor Svift va boshqa mashhur Gollivud aktyorlari taqdirlash marosimiga tashrif buyurmadi.
Boshqa mashhurlar, jumladan, Leonardo Di Kaprio, Bred Pitt va Rianna tadbir boshlanganidan bir soat o‘tib qizil yo‘lakda ko‘rinish berdi. “Noviy ochag” nashri “Oltin globus — 2023” mukofotining eng chiroyli va muhokama qilingan obrazlari haqida ma’lumot berdi.
Jessika Chesteyn
“Oltin globus — 2023” mukofotining taqdirlash marosimida eng ko‘p muhokama qilingan liboslardan biri Jessika Chesteynning kumushrangli, to‘rli Oscar de la Renta libosi bo‘ldi. Uning libosi chiroqlar sabab yanada porladi va mehmonlarning e’tiborini tortdi. Obraz qiziqarli bo‘ldi, chunki Chesteyn yana bir Gollivud aktrisasi Salma Xayek bilan juda o‘xshash libosni tanladi.
Foto: “Noviy ochag”
Margo Robbi
Ijtimoiy tarmoqlarda: “Margot Robbi xuddi Chanel tomonidan garovga olinganga o‘xshaydi”, — degan hazillar tarqaldi. “Vavilon” mukofotiga nomzod bo‘lgan aktrisa yana o‘zining sevimli brendiga sodiq bo‘lib qoldi va qizil yo‘lakda pushtirangdagi Chantilly nomli to‘r va ipak matoli libosda paydo bo‘ldi. Patlar va shisha munchoqlar bilan bezatilgan individual obrazni yaratish uchun 750 soat kerak bo‘ldi.
Foto: “Noviy ochag”
Jenna Ortega
“Uenzdey” seriali yulduzi Jenna Ortega o‘zining qahramoni — Addamslar oilasidagi ma’yus qiz qiyofasidan voz kechdi va fotograflar oldida chiroyli ko‘rinishda paydo bo‘ldi. Gucci’ga tegishli bo‘lgan choy atirgulining rangidagi ko‘ylak “Oltin globus — 2023” mukofotining eng kutilmagan, chiroyli obrazlari qatoriga kiritildi. Ko‘ylakning rangi aktrisaning yoshini kattaroq ko‘rsatishi mumkin edi, biroq undagi chiziqlar buning oldini olgan.
Foto: “Noviy ochag”
Mishel Yeo
“Hammasi hamma joyda va birdaniga” filmi yulduzi Mishel Yeo “Eng yaxshi aktrisa” (musiqiy yoki komediya) nominatsiyasida g‘olib chiqdi. Aktrisa kumushrang toshlar bilan bezatilgan to‘q-ko‘k rangli Armani Prive yelkasiz libosida qizil yo‘lakdan o‘tdi. Obraz katta bilaguzuk, bo‘yinga taqiladigan taqinchoq va uzun sochlar bilan to‘ldirilgan.
Foto: “Noviy ochag”
Ana de Armas
Merilin Monro haqidagi shov-shuvli film yulduzi — Ana de Armas o‘zining sarg‘ish obrazidan odatdagidek to‘q rangli liboslarga qaytdi, biroq u o‘zining yorqinligini yo‘qotmadi. “Oltin globus” mukofotiga nomzod bo‘lgan aktrisa Louis Vuitton High Jewelry kolleksiyasidagi zargarlik buyumlari bilan yubkaning etagiga qadar oq kumush matodan tikilgan ajoyib qora baxmal ko‘ylakni tanladi. Muxlislar aktrisaning og‘ir bo‘lib ko‘rinadigan kiyimda bemalol harakat qilganidan hayratda qoldi.
Foto: “Noviy ochag”
Jeymi Li Kyortis
Mukofotga nomzod bo‘lgan yana bir aktrisa Jeymi Li Kyortis har jihatdan marosimning eng esda qolarli yulduzlaridan biriga aylandi. U to‘n va katta o‘lchamli bilaguzuklar bilan to‘ldirilgan Valentino straplez qora libosida taqdirlash marosimida ishtirok etdi.
Foto: “Noviy ochag”
Bach Mai brendi libosidagi Britt Louerr
Foto: “Noviy ochag”
Mavzuga doir: