Har bir fotosuratning o‘z tarixi bor. Quyidagi rasmlar hozirgi va o‘tmishdagi mashhur kishilarning hayotida sodir bo‘lgan ta’sirchan, kulgili va oddiygina voqealarni aks ettiradi.
“Dunyolar urushi” filmi suratga olingandan keyin ham Tom Kruz Dakota Fenningni qo‘llab-quvvatlagan va tug‘ilgan kuniga sovg‘alar yuborgan. Buning evaziga u Tom uchun sharf to‘qib beradi.
Foto: Getty Images
Ledi Gaga Alsgeymer kasalligidan aziyat chekkani sababli uni eslay olmaydigan hamkasbi va do‘sti Toni Bennet bilan birga konsert beradi.
Foto: Getty Images
Ko‘rsatuvda Emiliya Klark Mett Leblanga uni yaxshi ko‘rishini aytadi, unga javoban Mett: “Qandaysan?”, deb hol-ahvol so‘raydi.
Foto: Getty Images
Stiven va Mia qizi Livni ko‘rgani tug‘uruqxonaga kelishadi. Aerosmitning sobiq a’zosi chaqaloqni qo‘liga olib, kindigini o‘zi kesadi.
Foto: Getty Images
Dueyn Jonson farzandini to‘ydirayotgan ayolini ovqatlantirib qo‘ymoqda.
Foto: Getty Images
Charli Chaplin qo‘lida o‘z personajini aks ettiruvchi qo‘g‘irchoqni ushlab turibdi, 1917-yil
Foto: Getty Images
1960-yilda Frenk Sinatra va Elvis Presli sahnaga birga chiqib, bir-birlarining qo‘shiqlarini kuylashadi. Sinatra mashhur “Love Me Tender” qo‘shig‘ini kuylaydi, rok-n-roll qiroli esa “Witchcraft”ni ijro etadi.
Foto: Getty Images
Dastin Xoffman 1999-yilda Eminemning konsertida Doktor Drening mega hitini ijro etmoqda. U bilan birga kelgan aktyorning farzandlari ham, tomoshabinlar ham hayratda.
Foto: Getty Images
1999-yil. “Leon” filmi yulduzi Natali Portman bir oz tushunarsiz yuz ifodasi bilan o‘zining bitiruv oqshomiga kelmoqda.
Foto: Getty Images
11 yoshli Elizabet Teylor hamkasbi va muvaffaqiyatli kino yulduzi Kolli Palga kinokompaniya bilan ishlash shartnomasini “imzolashda” yordam bermoqda.
Foto: Getty Images
Surat Mishel Pfayfferga 1965-yilda o‘g‘irlangan Mustang’ni qaytarib berish paytda kadrga olingan.
Foto: Getty Images
Yosh Gven Stefani Santa Klausdan unga yoqimli sovg‘a olib kelishini so‘ramoqda.
Foto: Getty Images
Selena Gomezning tan olishicha, Jennifer Eniston uni ko‘p yillar davomida ilhomlantirgan va qo‘llab-quvvatlagan.
Foto: Getty Images
Mavzuga doir: Tushkun kayfiyatdan asar ham qoldirmaydigan samimiy suratlar