Mayoqni yaratish uchun ikki haftadan ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi. Bundan tashqari, mayoqning muz shiftiga yoritish tizimi ham o‘rnatilgan, deb yozadi “Pravila jizni”.
Foto: “Pravila jizni”
Minskda yashovchi Ivan Karpitskiy Fransiyada xavfli joylashuvi bilan mashhur bo‘lgan mayoq — La Jyumanning 9 metrga teng nusxasini qordan yasadi. U Instagram sahifasida o‘z ijodining namunalari bilan bo‘lishdi.
Foto: Instagram / @ivan_karpitiski
Unga mayoqni yasashi uchun 17 kun va 12 kub qor kerak bo‘ldi.
Foto: Instagram / @ivan_karpitiski
Mayoqning ichida yog‘och panjara, shuningdek, yoritish tizimi o‘rnatilgan muzli shift ham mavjud.
Foto: Instagram / @ivan_karpitiski
Bu Karpitskiyning qordan yasagan birinchi ijodiy namunasi emas. Uning boshqa e’tiborga molik asarlari qatorida qordan yasalgan “Masha va ayiq” animatsion seriyasiga asoslangan kompozitsiya, shuningdek, skripkali bola haykali bor.
Foto: Instagram / @ivan_karpitiski
Foto: Instagram / @ivan_karpitiski
Foto: Instagram / @ivan_karpitiski