“Atletiko” “Barselona” Memfis Depay transferini e’lon qildi.

Foto: Instagram

28 yoshli futbolchi madridliklar bilan 2,5 yillik shartnoma imzoladi. Kataloniyaliklar Depay uchun 3-4 million oladi.

Joriy mavsum Memfis “Barselona” safida barcha musobaqalarda 4 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol muallifiga aylangan. Umumiy hisobda niderlandiyalik futbolchi 206 daqiqa maydonga tushdi.