Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Xonanda Gulsanam Mamazoitova muxlisalari bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Foto: Instagram
Xonanda Nilufar Usmonova to‘ng‘ich farzandi Saida’zamxonni Londonga o‘qishga kuzatgani va bu haqda rus tilida so‘zlashuvchi farzandlariga qanday tushuntirishni bilmayotgani haqida muxlislariga gapirib berdi.
Instabloger, xonanda Azoda hayotning og‘ir damlarida ham yaxshilikni ko‘ra olish kerakligini aytdi.
Foto: Instagram
Munisa Rizayeva yangi obrazda ko‘rinish berdi.
Aktrisa Bahora Arslonova 21-yanvarda ilk bor ona bo‘lgan kunni, ya’ni qizalog‘i Volidaning tug‘ilgan kunini nishonladi.
Foto: Instagram
Aktrisa Durdona Qurbonova muxlisidan sovg‘a olgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.
Durdona Qurbonova yangi suratini ham muxlislariga taqdim etdi.
Foto: Instagram
Shuningdek, Durdona Qurbonova “Avatar” filmi qahramoniga aylangani aks etgan video va suratni e’lon qildi.
Foto: Instagram
Shahzoda Muhammedovaning ukasi va kelini aktrisaning onasiga Tracker avtomobilini sovg‘a qildi.
Aktrisa Shahzoda Muhammedova 15 yillik xodimasiga Umra safari yo‘llanmasini sovg‘a qilgani haqida folloverlariga gapirib berdi.
Foto: Instagram
Xonanda Bahrom Nazarov folloverlariga yangi suratini ko‘rsatdi.
Foto: Instagram
Iste’dodli raqqosa Parizoda farzandlari bilan vaqt o‘tkazayotgani haqida muxlislariga gapirib berdi.
Parizoda operatsiyadan keyin unga raqs tushish mumkin emasligi, to‘ylarda ishtirok eta olmasligi haqida folloverlariga gapirib berdi.
Aktrisa Asal Shodiyeva yangi surati bilan ko‘rinish berdi.
Foto: Instagram
Xonanda Tohir Sodiqov Istanbulga sayohati aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi.
“Ummon” guruhining sobiq xonandasi Shohrux Tailandda tushgan suratini obunachilariga namoyish qildi.
Foto: Instagram
Aktrisa Feruza Normatova yangi suratini folloverlariga taqdim etdi.
Foto: Instagram
Instabloger Xonzoda Qambarova turmush o‘rtog‘i va qizalog‘i Samina bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Foto: Instagram
Xonanda Ziyoda onasiga Umra safari yo‘llanmasini sovg‘a qilgan muxlisining quvonchi kunida xizmatda bo‘lgani haqida gapirib berdi.
Feruza Jumaniyozova hamkasbi Iroda Iskandarova bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Foto: Instagram
Mahoratli aktrisa Ra’no Shodiyeva katta o‘g‘li, kelini va nevarasi Imronning suratini obunachilariga ko‘rsatdi.
Foto: Instagram
Shuningdek, aktrisa nevarasi Imron bilan tushgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi.
Bollivud yulduzi Kajol yangi suratini e’lon qildi.
Foto: Instagram
Mahoratli raqqosa Iroda Ismoilova 22-yanvar kuni tug‘ilgan kunini nishonladi.
Aktrisa Zarina Nizomiddinova obunachilariga yangi surati bilan ko‘rinish berdi.
Foto: Instagram
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova uyida gaz va “svet” yo‘qligini aytdi. U shuningdek, sham nuri uyga yorug‘lik va biroz bo‘lsa-da, issiqlik berishini ta’kidladi.
Yulduz Usmonovaning fan akkaunti uning Dubayda tushgan suratini taqdim etdi.
Foto: Instagram
Aktrisa Sitora Alimjonova Dubayda tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Foto: Instagram
Xonanda Hulkar Abdullayeva AQSHning Mayami shtatida yashovchi singlisinikiga mehmonga bordi.
Hosila Rahimova barcha muxlislariga yaxshi kayfiyat hamroh bo‘lishini tiladi.
Foto: Instagram
Mavzuga doir:
- Instagram: Ozoda Nursaidova oilasidagi judolik, operatsiyani boshdan kechirgan Botir Qodirov, Dubayda dam olayotgan mashhurlar.
- Instagram: Toshkentdagi uyiga “pechka” qurdirgan Xosiyat Husanova, kasal bo‘lib qolgan Yulduz Turdiyeva, imijini o‘zgartirgan Jahongir Otajonov.
- Instagram: Yangi biznes boshlayotgan Nilufar Usmonova, Umra safaridagi Ulug‘bek Qodirov, yangi mashinali bo‘lgan Bahora Arslonova.
- Instagram: Xotirasi to‘liq tiklanmayotgan Zohid Risqiyev, Parizodaga qo‘yilgan qo‘rqinchli tashxis, yangi uy xarid qilgan Xoliqjon vayner.