Bisotida rus avangard asarlari, Turkiston va o‘tgan asrning 20–30-yillari rus modernizmiga oid rasmlar, o‘zbek tasviriy san’ati namunalari, Qoraqalpog‘iston xalq amaliy san’ati va Qadimgi Xorazm san’ati obyektlari, shuningdek, Luvr eksponatlarining bir nechta nusxasini jamlagan Igor Vitalyevich Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston san’at muzeyi butun dunyoda “ikkinchi Luvr” nomi bilan mashhur. Rus avangard rasmlarining ikkinchi yirik kolleksiyasi (birinchisi — Sankt-Peterburgdagi Rossiya muzeyi) saqlanuvchi ushbu muzeyni The Guardian nashri ham “dunyodagi eng yaxshi muzeylardan biri” deb atagan.
“Daryo” fotomuxbiri Dilruh Isomiddinova I.V.Savitskiy nomidagi san’at muzeyidan fotogalereya tayyorladi.
Suratlar 2022-yilning may oyida olingan.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Mashhur rassom va kolleksioner Igor Vitalyevich Savitskiy 1950-yilda S.P.Tolstoy boshchiligidagi Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi tarkibida ilk bor Qoraqalpog‘istonga keladi. Ushbu noma’lum zaminga telbalarcha oshiq bo‘lib, shu yerda qolishga qaror qilgan ijodkor gilamlar, zargarlik buyumlari va milliy liboslar izlab eng olis qishloqlarga boradi. Izlanmalar Nukusdagi qadimiy va xalq amaliy san’ati muzeyi kolleksiyasining dastlabki o‘zagiga aylanadi.
Sovet davri rahbariyati hamisha realizm yo‘nalishiga intilgan, shu bois “yuqori”dan kelgan buyruq bilan bir qancha iste’dodli rassomlarning minglab asarlari yoqib yuborildi, mamlakatda senzura joriy etildi. Savitskiy “e’tirozli rassomlar” rasmlarini to‘plarkan, aksariyat rassomlar o‘z asarlarini qutqarish uchun unga olib kela boshlaydi.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Igor Savitskiy o‘ziga muzey kerakligi, bepoyon qumlar orasidagi shunday olis hududda Moskvaning e’tiborini tortmasligiga Qoraqalpog‘iston hukumatini ishontirdi. Shu bilan, 1966-yilda Orolbo‘yining san’at “g‘aznasi” — Qoraqalpog‘iston san’at muzeyi tashkil etildi.
“Alpomish. Boysun”, Q.S.Saipov
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
“Dam olish”, U.Saparov
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
“Suvoqchilar”, A.A.Shpadi
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
“Paxta maydonidagi konsert”, A.A.Shpadi
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Rassomlikdan tashqari restavrator, etnograf va san’atshunos ham bo‘lgan Igor Vitalyevich kolleksiya va muzey ishlari bilan band bo‘lib, rasm chizishga vaqt topolmadi. Butun umri davomida avangard san’atini o‘rganib, muzey fondini to‘ldirdi, ular orasida nafaqat taniqli, balki unchalik mashhur bo‘lmagan rassomlarning asarlari ham bor. Zargarlik buyumlarini to‘g‘ri shaklga keltiruvchi formalin bug‘laridan o‘pkasi “tamom bo‘lgan” Igor Savitskiy Moskvada vafot etib, Nukusdagi rus qabristoniga dafn qilindi.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
“Yosh chavandoz”, B.Serekeyev
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Savitskiy muzeyida 86 mingdan ortiq eksponat jamlanganiga qaramay, muzey fondining atigi 3 foizi ikkita binoda namoyish etilgan.
“Paxta topshirish”, Nadejda V.Kashina
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
“Yo‘l qurilishi”, N.G.Karahan
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
“Arava”, A.N.Volkov
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
“Talaba qizlar”, A.N.Volkov
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
“Ro‘molda o‘tirgan o‘zbek ayoli”, N.A.Maksimchenko
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
“Mening ilhom parim”, A.F.Joltkevish
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
“Xudo”, M.Kurzin
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
“Qushcha”, V.G.Dzivinskaya
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
“Suvga cho‘kkan odam”, B.A.Golopolosov
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
“Qoracha qizaloq”, A.Poret
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
“Oilaviy portret”, A.Poret
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
“Suv parisi”, M.A.Vrubel
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
“Pushkin”, N.P.Tarasov
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
“Eski va yangi”, M.Kurzin
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
“Kapital”, M.Kurzin
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
“Buqa”, V.Lisenko
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
“Poyezdga”, V.Ufimtsev
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
“Batum”, V.Ufimtsev
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
“Istirohat bog‘ida bahor bayrami”, S.Ya.Rubashkin
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
“Ovchi”, N.M.Nedbaylo
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
“Qahvaxonada”, K.N.Suryaev
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
“Rok-n-rol”, K.N.Suryaev
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
“Eski va yangi”, G.Zilberman
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
“Paganini”, E.P.Melnikov
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
“Xush kelibsiz”, G.Zilberman
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
“Samarqand ko‘chasi”, Yu.Taldikin
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova