Parfyumeriya vositalari didni belgilab berishi, shu bilan birga, uni tanlagan inson haqida ko‘p narsalarni aytib berishi mumkin. Shu bois muxlislar Gollivuddagi mashhurlarining parda ortidagi hayotiga nazar tashlashga va o‘zlarining sevimli yulduzlari qanday atirlardan foydalanishini bilishga intiladi. Harper’s Bazaar nashri shu haqdagi ma’lumotlarni taqdim etdi.

Sintiya Erivo — Jo Malone London Myrrh & Tonka

Sintiya Erivo vanilin va tonka loviya notalariga ega bo‘lgan xushbo‘y hidli atirdan foydalanadi.

Foto: “Yandeks.ru”

Anjelina Joli — Histoires de Parfums 1969

1969-yilda yaratilgan xushbo‘y hidga ega atir — Histoires de Parfums Anjelina Jolining eng sevimli atirlaridan biriga aylandi. Shaftoli va kardamonning yuqori notalariga ega bo‘lgan bu parfyum qora shokolad va qahvaning uzoq muddatli iforlarini qoldiradi.

Foto: “Yandeks.ru”

Jodi Komer — Le Labo Santal 33

Liverpullik aktrisa Jodi Komer suratga olish jarayonida hamkasblaridan birida Le Labo Santal 33 atirining iforini sezganini aytgan. Shundan keyin bu uning asosiy hidiga aylandi.

Foto: Harper’s Bazaar

Viktoriya Bekhem — Vilhelm Parfumerie Room Service

Mandarin, yertut va muskat yong‘og‘i notalarini birlashtirgan Viktoriya Bekhemning sevimli atiri juda ham yoqimli hidga ega.

Foto: “Yandeks.ru”

Eshli Grem — Chloé Eau de Parfum

Model Chloé parfyumeriyasisiz yashay olmasligini aytgan. Gulli xushbo‘ylikning yuqori notalari — pion, litchi va freziya iforlaridan tashkil topgan.

Foto: Harper’s Bazaar

Naomi Uotts — Kai Perfume Oil

Naomi o‘zining shaxsiyatiga ta’sir qilmaydigan atirlarni afzal ko‘radi. Aktrisaning hozirgi sevimli atiri — Kai parfyum Oil hisoblanadi. Bu yangi xushbo‘y hidga ega atir unga ertalab uyg‘onishning yoqimli daqiqalarini eslatadi.

Foto: “Yandeks.ru”

Syuzan Sarandon — Santa Maria Novella Eva Eau de Parfum

Sarandon o‘zini erkaklar parfyumeriyasining muxlisi deb biladi. Uning eng sevimli atiri Santa Mariya Novella Eva Eau de Parfum’ida sandal daraxtining notalari mavjud.

Foto: Harper’s Bazaar

Xeyli Biber — Bond No.9 West Side

Biber uchun atirning erkaklarga ham, ayollarga ham mos kelishi muhim. Bond No.9 West Side aynan shu xususiyatga ega bo‘lgan atirlardan biridir.

Foto: “Yandeks.ru”

Mavzuga doir: