“Real” hujumchisi Karim Benzema Ispaniya chempionatining 18-turidan o‘rin olgan “Atletik”ka qarshi bahsda (2:0) o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Foto: Getty Images

Fransiyalik hujumchi La Ligadagi gollari sonini 228 taga yetkazdi va “Madrid” klubi afsonasi Raulga yetib oldi. Endi ikkala futbolchi 5-o‘rinni bo‘lishib turibdi.

Faqatgina Ugo Sanches (234), Telmo Sarra (251), Krishtianu Ronaldu (311) va Lionel Messi (472) ulardan ko‘proq gol urgan.