2023-yil 23-yanvar kuni Qozog‘istonda McDonald’s brendi ostida faoliyat yuritgan tarmoqning bir qator restoranlari brendsiz o‘z ishini tikladi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.

Foto: Forbes

Ma’lumotlarga ko‘ra, restoranlar tarmog‘ini ochish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, dastlabki bosqichda Olmaotada beshta restoran ochiladi.

“Hozircha restoranlar nomsiz ochiladi. Biroq yaqin kelajakda biz yangi nomimizni taqdim etamiz”, — dedi Food Solutions KZ bosh direktori Asset Mashanov.

Nashr muxbirining qayd etishicha, Olmaota restoranlarida McDonald’s belgisi o‘rniga qozoq va rus tillarida “Biz ochiqmiz” yozuvlari paydo bo‘lgan.

McDonald’s Qozog‘istonda 2016-yilning mart oyidan boshlab Food Solutions KZ boshqaruvi ostida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Uning egasi Qayrat Bo‘ranboyev bo‘lib, u 2022-yilning 15-martidan buyon kvazidavlat sektorida katta miqdordagi mablag‘larni o‘zlashtirganlikda gumon qilinib, hibsga olingan.

2022-yil 17-noyabr kuni Qozog‘istonda McDonald’s tarmog‘i faoliyati to‘xtatilgani haqida ma’lum bo‘ldi.

Kompaniya Qozog‘istonning quyidagi shaharlarida: Olmaota, Ostona, Atirau, Aqto‘be, Qo‘stanay, Qarag‘andada 24 ta McDonald’s restoraniga ega bo‘lib, ikki mingga yaqin kishini ish bilan ta’minlagan.

2023-yil 5-noyabrda esa restoranlar tarmog‘i “yetkazib berishdagi cheklovlar” tufayli McDonald’s brendi ostida ishlay olmasligi ma’lum bo‘lgandi.

Mavzuga doir: CNN: McDonald’s rahbariyati xodimlarni qisqartirishga tayyorlanmoqda