Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatga hozir qanday qurollar kerakligini ma’lum qildi. U Germaniyaning ARD telekanaliga bergan intervyusida bu haqda ma’lumot berdi.

Foto: “president.gov.ua”

Prezident Ukraina va Rossiya aholisi jang maydonida turli motivlarga ega ekanini ta’kidladi. U rus harbiylari Ukrainaga nima uchun kelganini tushunmayotgani, ukrainalik askarlar esa o‘lishi mumkinligini bilsa ham o‘z uyini himoya qilayotganini aytdi.

“Ukraina jang maydonida himoyaga muhtoj. Bizga artilleriya, o‘t ochuvchi reaktiv tizim, zirhli va har xil turdagi piyoda jangovar mashinalar muhim. Tanklar kerak, yashiradigan hech narsa yo‘q, bizda haqiqatan ham tanklar yetishmayapti. Yuqorida sanab o‘tgan raketalar uchun snaryadlar ham yetishmayapti”, — dedi u.

Zelenskiy IRIS-T tizimi uchun Germaniyadan minnatdor ekanini ham ta’kidlab o‘tdi.

“Bu yaxshi tizim, bizda bunday qurollar ko‘proq bo‘lishini xohlaymiz. Shols va’da berdi, kanslerga ishonamiz. NASAMS, Patriot va boshqa qurollarni kutib qolamiz”, — dedi Zelenskiy va Ukrainaga samolyot va uzoq masofali raketalar ham kerakligini aytdi.

Mavzuga doir: